So’nggi yangiliklar

13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  0 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  3 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   4 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  17 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  6

Salimjon Zokirov: “Jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar hali to'liq moslashib ketishmadi” Yangiliklar

Salimjon Zokirov: “Jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar hali to'liq moslashib ketishmadi”

Pro-Liga 21-turidan o'rin olgan “Yozyovon-Lochinlari ”- “Labsa” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Salimjon Zokirov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuv noqulay ob-havo sharoitida o'tdi. Garchi uchrashuvni 17:00da boshlagan bo'lsakda, barbir aynan bugungi ob-havo juda issiq edi, bu o'z navbatida har ikki jamoaga bir oz noqulaylik tug'dirdi. Avvalo shuni aytish joizki, bugun raqiblarimiz ham faol o'yin namoyish etishdi.

Biz ayni damda turnir jadvaliga ikkinchi o'rindamiz, o'z o'rnimizni mustahkamlab olish, peshqadamga etib olish uchun bizga faqat va faqat g'alaba zarur edi. SHu bois biz bugun hujumkor futbol taktikasini tanlagandik. Birinchi bo'limda bizda qiyinchiliklar yuzaga keldi. Gol urib olgunimizgacha, to'g'risi juda og'ir o'yin o'tkazdik. Birinchi gol bizga ruhiy tomondan ustunlik berdi. Ikkinchi bo'limda ham jamoamiz azolari maydonda mardonavor kurash olib borishdi va yakunda yirik hisobda g'alaba qozondik.


Jamoamizga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar hali to'liq bizning o'yin uslubimizga moslashib ketisha olgani yo'q.  Darvozabon Abrorbek Karimovning iqtidoriga shubha yo'q, lekin ayni damda Jasur Abdullaev yaxshi harakat qilmoqda. Albatta keyingi uchrashuvlarda Abrorbek Karimovni ham sinovdan o'tkazish rejamizda bor. Hoshimbek SHokirovga bir oz jismoniy tayyorgarlik etishmayapti chamamda. Bugun u maydonda ajoyib harakat qildi, tajribasi evaziga ko'plab vaziyatlarda raqiblardan ustunlik qildi, lekin biz bilamiz u bundan ham ko'prog'iga qodir. SHungidek bugun biz yosh iqtidorli hujumchi Sardorbek Solievni ham uchrashuv so'ngida maydonga tushirdik, bu o'z navbatida yosh iqtidor sohibiga mahorat maktabi bo'ladi deb hisoblayman.

Umuman olganda, shogirdlarimdan ko'ngldim to'q, biz Pro-Ligada yuqori o'rinlar uchun kurashayapmiz, jamoamiz oldiga aynan shunday vazifa qo'yilgan, biz bu vazifani uddalashga harakat qilamiz.  
 
Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика