Saliba "Arsenal" bilan xayrlashadimi?
14 iyu 2022 22:30
Yangiliklar
Franciya OAVda aytilishicha, o'tgan mavsumni "Marsel"da ijara asosida o'tkazgan Uilyam Saliba shu yozda "Arsenal"ga qaytgan. Biroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta futbolchining kelajagi haqida hozircha aniq qaror qabul qilmagan.
"Men “Arsenal”ga tegishliman va yana ikki yillik shartnomam bor. Mavsumoldi yig'inda "Arsenal" bilan birga bo'laman. Jamoa uchun birorta ham o'yin o'tkazganim yo'q va ularga o'zimni ko'rsatib, muxlislar va ushbu katta klub uchun o'ynay olishimni isbotlashni istayman", – degandi Saliba avvalroq.
Himoyachi London klubi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. "Marsel" avgust oyining so'nggi haftasida – transfer oynasi yopilishi arafasida Salibani o'z safiga qaytarishga harakat qiladi degan faraz bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar