Sadriddin Hasanov: "18 yoshga to'lganimdan so'ng "Braga"ga ketaman"
31 jan 08:26
Yangiliklar
Sadriddin Hasanov: "18 yoshga to'lganimdan so'ng "Braga"ga ketaman"
O'FA kecha bir qator nominaciyalarda yilning eng yaxshilarini aniqladi.
O'zbekiston U-17 terma jamoasi va "Bunyodkor" futbolchisi Sadriddin Hasanov 2025 yilning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" deb topildi. Bu haqida u taassurotlari bilan bo'lishdi.
"Avvalo eng yaxshi yosh futbolchi deb topilganimdan xursandman. Bu bilan albatta to'xtab qolmayman. Kelajakda bundanda yaxshiroqlariga harakat qilaman. Buni tagida ancha mehnat yotibdi. Tengdoshlarimga ham o'z ustilarida ishlashni maslahat bergan bo'lardim. 2026 yilda "Bunyodkor"dagi debyut o'yinimni o'tkazishni maqsad qilganman.
"Braga" jamoasiga ko'rikka borib keldik, u erda barchasi alo darajada bo'ldi. 18 yoshga to'lganimda u erga ketaman",- deydi Sadriddin Hasanov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar