AQSH U-20 terma jamoasi O'zbekistondagi xalqaro turnirga kelmaydigan bo'ldi
04 mar 19:39
Yangiliklar
AQSH U-20 terma jamoasi O'zbekistondagi xalqaro turnirga kelmaydigan bo'ldi
Biroq, "Championat.asia" saytiga malum bo'lishicha, okeanorti vakillari ushbu musobaqadagi ishtirokini bekor qilgan.
Championat.asia saytining AQSHdagi manbasi bergan malumotida AQSH U-20 terma jamoasining O'zbekistonga safari bekor qilinganini rasman tasdiqladi. Tashkilot bunga asosiy sabab sifatida "nobarqaror vaziyat"ni ko'rsatib o'tgan.
Musobaqa taqvimi qanday edi?
Avvalroq elon qilingan taqvimga ko'ra, AQSH yoshlari Toshkentdagi turnir doirasida ikkita o'yin o'tkazishi kerak edi:
28 mart, 15:00 — O'zbekiston U-20 – AQSH U-20
30 mart, 14:00 — Yaponiya U-20 – AQSH U-20
Hozircha O'zbekiston futbol associaciyasi (O'FA) ushbu turnir formati qanday o'zgarishi yoki musobaqada faqat O'zbekiston U-20 hamda Yaponiya U-20 terma jamoalari o'zaro maydonga tushishi haqida rasmiy bayonot bergani yo'q. Eslatib o'tamiz, vakillarimizning kunchiqar yurt vakillariga qarshi bahsi 25 mart kuni soat 15:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar