Sportni siyosatga aralashtirish maqsadimiz yo'q. Ammo siyosat sport, xususan FIFA hamda OFKning rejalarini buzib yuboryapti
02 mar 16:27
Yangiliklar
Sportni siyosatga aralashtirish maqsadimiz yo'q. Ammo siyosat sport, xususan FIFA hamda OFKning rejalarini buzib yuboryapti
Legionerlarimiz to'p tepadigan Eron va BAAdagi vaziyat haqida qisqacha.
Eronning oliy rahbari 86 yoshli Oyatulloh Ali Homanaiy shanba kungi zarbalar natijasida vafot etganligi haqida rasmiy xabar berildi. Natijada Eronda 40 kunlik motam elon qilindi. Katta ehtimol Eron chempionati ham qolgan ommaviy madaniy tadbirlar qatori 40 kunga qoldiriladi. Tabiiyki, Jahon chempionati oldidan bu Eron va O'zbekiston milliy terma jamoalarining azolari uchun yaxshi xabar emas. Ayni paytda Rustam Ashurmatov, Igor Sergeev, Oston O'runov va Odiljon Hamrobekov kabi asosiy tarkib futbolchilarimiz Eron ligasida faoliyat olib boryaptilar. Jaloliddin Masharipov esa jarohatini davolash maqsadida Eronni ancha avval tark etib ulgurgan edi. Vaziyatdan boxabar bo'lgan qolgan futbolchilarimiz ham Tehronni tark etib olishga ulgurganlar. Faqatgina Rustam Ashurmatov BAAga yo'l olgan. Qolgan futbochilarimiz Eron havo hududi yopiqligi bosi Turkiyaga mashinada yo'l olganlar. Tehrondan Turkiyaning eng yaqin o'tish chegarasi 890 km. Odiljon Hamrobekov uchun bu masofa 280 kmni tashkil qilgan.

Eng avvalo bugungi vaziyatdan keyin Eron Islom Respublikasini AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish, etmasligi bosh mavzuga chiqdi. Bir necha marotaba AQSHga kirish huquqini beradigan vizaga rad javobini olgan Eron futbol federaciyasi prezidenti Mexdi Toj, Marca nashriga bergan qisqa intervyusida hozircha mamlakat JCHdan bosh tortmaganligini takidlab o'tgan. Lekin shunday bo'lishi mumkinligini qayd qilgan. OAVni bayon qilishicha 2016 yil prezident etib saylangan Mehdi Toj AQSHning qora ro'yxatidan joy olgan shaxslardan hisoblanadi.
Taniqli referi Ilgiz Tantashev esa Qatarda qolib ketdi. U Dohada FIFAning hakamlar uchun tashkil qilingan seminarida ishtirok etgandi.
Yana ikki kundan keyin bo'lishi kerak bo'lgan Elit Osiyo chempionlar ligasining nimchorak final o'yinlari ham qoldirildi. 3 va 4 mart kunlaridagi o'yinlarda "Shabab Al Ahli" - "Traktor", "Al Duhail" - "Al Ahli" (Jidda), "Al Vahda" - "Al Ittihod", "Al Sadd" - "Al Hilol" o'yinlari bo'lib o'tishi kerak edi.
Bugun Otabek Shukurov, Azizjon G'aniev va Abdulla Abdullaev faoliyat olib borayotgan BAA ligasi o'yinlari ham qoldirildi. U erda ham samolyotlarni uchishi to'xtatilgan.

Endi asosiy savol, agar Eron terma jamoasi AQSHdagi JCHda ishtirok etmasa nima bo'ladi? Bu erda men faqatgina o'z taxminlarimni aytib o'tishim mumkin xolos. Forsliklar "G" guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan. Ularning barcha o'yinlari AQSHda bo'lib o'tishi kerak.
Katta ehtimol Eronning o'rniga OFK pley off bosqichida zafar quchib FIFAning pley off yo'llanmasini qo'lga kiritgan Iroq terma jamoasi Eronni o'rnini egallaydi. Qaytarib o'taman, agar Eron JCHdan chiqib ketsagina shunday bo'lishi mumkin. OFK pley-off bosqichida Iroqqa mag'lubiyatga uchragan BAAni Iroq o'rniga yakuniy pley off o'yinlariga yuborishi mumkin.

27 mart kuni Qatar poytaxti Dohada Ispaniya va Argentina jamoalari o'rtasida Finalissima o'yini bo'lib o'tadi. Messi hamda Yamal ishtirokidagi bahs uchun 90 000 ga yaqin muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Lusail" stadionidagi chiptalar allaqachon sotib bo'lingan.
Nima ham derdim, dunyoda tinchlik bo'lsin. Muhimi futbolchilarimiz tinch va salomat oilalari bag'riga etib kelib, terma jamoamizning mart oyidagi yig'inlarida ishtirok etsinlar.
Nodirxo'ja Yuldashev
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar