So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Sadriddin Abdullaev: "Paxtakor" nomini eshitsam etlarim jimirlab ketadi" Yangiliklar

Sadriddin Abdullaev: "Paxtakor" nomini eshitsam etlarim jimirlab ketadi"

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sadriddin Abdullaev "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida bir qator savollarga javob berdi.

Sadriddin Abdullaev matbuot anjumanida derbi, "Paxtakor"ga bo'lgan muhabbati, Namangandagi maydon va chempionlik uchun kurash borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Derbida har ikkala jamoa ishtirokida chiroyli o'yin namoyish etildi. Bugungi durang natijasi hech narsani anglatmaydi. Menimcha, hammasi oldinda. Kuchli-oltitalik aniqlanganidan so'ng barchasi yana qaytadan boshlanadi. CHempionlik uchun kurash endi yanada qiziydi.

"Paxtakor"ga nisbatan bir kun kam dam olganimiz ham bugungi bahsda sezildi. Futbolda bir kun ham katta ahamiyat kasb etadi. Uchrashuv davomida o'yinimizni asta-sekin kuchaytirib bordik. To'g'risi, derbida g'alaba qozonishimizni kutgandik. Ammo oxirgi daqiqalarda qayd etilgan durang  natijasi ham yomon bo'lmadi.


"Paxtakor" jamoasi doimo meni yuragimda. CHunki futbolchi sifatida men shu erda tarbiyalanganman, tahsil olganman. Futbol nonini shu erda topganman. SHu boisdan ham "Paxtakor" nomini eshitganda etlarim jimirlab ketadi. "Paxtakor"ni chin yurakdan juda yaxshi ko'raman. Bu jamoaga nisbatan hurmatim juda baland. "Paxtakor" qaerda o'ynamasin doimo ularga ishqibozlik qilaman.

Endi hozir boshqa jamoada to'p tepayotganim uchun ularga qarshi tup surishga to'g'ri kelmoqda. Bu futbol.



CHempionlik? O'ylashimcha, kuchli-oltitalikdan o'rin olgan barcha jamoalar chempionlik uchun kurashishadi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" doim chempionlikka intiladi. "Navbahor"ga qarshi esa mehmonda o'ynash juda qiyin. Ochig'ini aytish kerak, Namanganda o'ynash ancha mushkul. "Bunyodkor" hozirgi kunda qanday o'ynayotganini barcha ko'rmoqda. Jamoa juda chiroyli futbol namoyish etmoqda.

Menimcha, chempionlik "Navbahor", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Bunyodkor" o'rtasida hal etiladi.

Namangandagi maydon? Futbolchi sifatida aytaman, maydon desam hozir ko'pchilik buni baxonaga yo'yadi. Albatta, u erdagi muhit va muxlislar bosimini inkor etib bo'lmaydi. To'g'risi, buni izohsiz qoldirganim maqul. Maydon holati haqida gapirmoqchi emasman.

Masalan "Paxtakor" yoki "Bunyodkor"ga qarshi o'ynasak, ochiq futbol bo'ladi. Maza qilib futbol o'ynaysiz. Namanganda esa boshqacha o'yin. Rosti, hozir yana shu mavzuda gapiradigan bo'lsam bahonaga aylanib ketadi. Indamaganim maqul. Undan ko'ra Namanganda borib "Navbahor"ni yutamiz. Har doim gap bilan emas, balki amalda ish bilan isbotlagan yaxshi bu narsani.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика