So’nggi yangiliklar

15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  0 15:19Элит ОЧЛ. 2-тур якунлари  0 14:58Де Йонг: "ПСЖ иккинчи бўлимда "Барселона"дан кучлироқ эди"  0 14:30Манба: Каннаваро Уругвайга қарши ўйинда Ўзбекистон терма жамоасида дебют қилиши мумкин  34 14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  1 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  7 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  38 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Sabri Lyamushi: “Al-Jaish” kurashga tayyor" Yangiliklar

Sabri Lyamushi: “Al-Jaish” kurashga tayyor"

“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida qatarliklar ishtirok etishdi.
Unda bosh murabbiy Sabri Lyamushi va jamoa etakchisi Seydu Keyta OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- “Bunyodkor” jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishim mumkin. Bu jamoa Osiyoning etakchi klublaridan biri. Ular haqida malumotga egaman. Asosan yosh futbolchilardan tashkil topgan. Yaqinda jamoa tarkibi yana ham yoshartirilgani haqida aytishdi. SHunga qaramasdan ular nazorat uchrashuvida Osiyo CHempionlar ligasining amaldagi g'olibi – “CHonbuk Motors”ni mag'lubiyatga uchrata olishdi. Ushbu o'yinni yordamchilarim kuzatishdi va kerakli malumotlarni to'plashdi. Ertaga juda qiziqarli o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. “Al-Jaish” kurashga tayyor. CHempionatdagi ishlarimiz yurishmayotan bo'lsa-da, Osiyo CHempionlar ligasiga bu jihat aslo tasir o'tkazmaydi. Biz uyda o'ynaymiz. G'olib esa bitta o'yin natijasiga ko'ra aniqlanadi. SHunday ekan, “Al-Jaish”da kichik ustunlik bor va bundan foydalanishga harakat qilamiz, - deydi Sabri Lyamushi.



- Hozirgi holatda bizni “Bunyodkor”ning qanday o'yin ko'rsatishi emas, aksincha o'zimizning qanday to'p tepishimiz qiziqtirmoqda. CHunki oxirgi uchrashuvlarda o'zimiz istagandek harakat qila olmayapmiz. Balki CHempionlar ligasi starti boshqacha bo'lar. SHunga umid qilgan holda ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Sardor Rashidov “Al-Jaish” etakchilaridan biri. Uni o'zining sobiq jamoasiga qarshi qanday to'p tepishi men uchun ham qiziq. Rashidov – professional futbolchi va u maydonda nima qilish kerakligini yaxshi biladi, - deydi Seydu Keyta.



"Bunyodkor" matbuot xizmati


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика