Ryudiger: "Vinisius Germaniya ajoyib terma jamoa ekanligini aytdi, men ham shu fikrdaman"
16 noy 2022 17:40
Yangiliklar
Ryudiger: "Vinisius Germaniya ajoyib terma jamoa ekanligini aytdi, men ham shu fikrdaman"
Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger germaniyaliklar Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qanday holatda yaqinlashayotgani haqida gapirdi.
29 yoshli futbolchining fikricha, Germaniyada ajoyib jamoa yig'ilgan, uning braziliyalik jamoadoshi Vinisius ham bunga qo'shiladi.
"Men Vinisius bilan gaplashganimda, u doim menga: "Sizda ajoyib terma jamoa bor" deydi. Men ham shu fikrdaman. Jamoamiz kuchli, yoshlik va tajriba uyg'unlashgan", – dedi Ryudiger.
Eslatib o'tamiz, Germaniya Jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniya, Kosta-Rika va Yaponiya terma jamoalari bilan to'qnash keladi. Nemislar turnirdagi ochilish o'yinini 23 noyabr kuni Yaponiyaga qarshi o'tkazishadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar