So’nggi yangiliklar

08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  2 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  10 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  6 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  8 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  7 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  3 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3

Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda faqat uch ochko uchun kurashamiz” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “O'z maydonimizda faqat uch ochko uchun kurashamiz”

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Metallurg” bosh murabbiyi Rustam MIRSODIQOV ishtirok etdi.
- Futbolning shunaqa qoidasi bor: kuchli jamoa odatda doim g'alaba qozonadi. Qolaversa, “Nasaf” bir necha yillardan buyon birga o'ynab, yigitlar bir birlarini yaxshi tushunib to'p tepishadi. “Nasaf”ni g'alaba bilan tabriklayman, -deya firklarini bildirdi “Metallurg” ustozi. –Ochig'ini aytish kerak, birinchi bo'limda shogirdlarim raqibdan qandaydir hayqib o'ynashdi. Qolaversa, familyasini aytmayman, bir futbolchimiz juda bo'sh harakat qildi va raqib aynan o'sha poziciyadagi kamchilikdan foydalanishga urindi. Ikkinchi bo'limda esa tarkib biroz o'zgargach, o'yinimiz umuman boshqacha kechdi. Ammo mehmonlar ikkita standart vaziyatni golga aylantirib, g'alabani ilib ketishdi. Hisobda ortda qolayotganimizda bitta gol urganimizda, o'yin boshqa yakunlanardi. Lekin “sen urmasang, senga urishadi” deganlaridek raqib o'z imkoniyatidan samarali foydalana oldi

- Bugungi o'yinga jamoangizning maqsadi qanaqa edi: durang ham sizni qoniqtirarmidi?
- Bizning shiorimiz – o'z maydonimizda “Nasaf”mi, “Bunyodkor”mi faqat g'alaba qozonish.

- Birinchi davrada Qarshidagi o'yinda  jamoangiz asosiy etiborni himoyaaga qaratib, safardan muhim bir ochko bilan qaytgandi. Balki bu safar ham o'shanday harakat qilganida “Metallurg” ochko olishi mumkinmidi?
- Bizning jamoa turnir jadvalida oxirgi o'rinlarda borayotganida, balkim o'z maydonimizda”Nasaf” bilan  durang uchun harakat qilishmiz mumkin edi. Lekin Bekobodda raqibimiz kim bo'lishidan qatiy nazar faqat g'alaba qozonish. Bugun tarkibimizda Kovalyov, Nurmatov Karimovlarning yo'qligi bilindi. Ular bo'lganida, o'ylaymanki, “Nasaf”ga yanada qiyin bo'lardi. Umuman olganda, bugun “Nasaf” posboni bexato harakat qilib, ayrim vaziyatlarda qaytarish deyarli imkonsiz bo'lgan zarbalarni qaytarishga erishdi. Agar o'z ustida ishlashda davom etsa, Yusupov ham Suyunovdan qolishmaydigan darajadagi darvozabon bo'la oladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика