So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Rustam Mirsodiqov: “Omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman” Yangiliklar

Rustam Mirsodiqov: “Omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman”

“Metallurg” – “Neftchi” o'yinidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Rustam Mirsodiqov ham ishtirok etdi.
- Ochig'ini aytsam men bugungi o'yin haqida tayinli gap aytishim qiyin. Ertaga uchrashuv diskini ko'rib chiqib shundagina bir xulosa chiqarishim mumkin - deya gap boshladi Mirsodiqov.

- Men shuni oldindan sezgandimki, bitta o'yin yaxshi o'ynasak keyingi tur qiyin bo'ladi. Bugun shunday bo'ldi. Turnir jadvalida “Neftchi” bilan yonma-yon turgandik. SHu bois yigitlar ruhiy tomondan o'zlarini unchalik tayyorlay olishmadi. Buning natijasida bahsning 3-daqiqasidayoq tezkor gol o'tkazib yubordik. Bundan oldingi turda “Nasaf”ga qarshi esa har to'p uchun kurashda yutqazmasdan o'ynadik. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi.

- “Neftchi” jamoa yaxshi shakllangan. Ularga ozgina omad etishmayapti. Uchrashuv oxirlarida darvozabonimiz Mamur Ikromov mahorat ko'rsatib bizni ikkinchi goldan asrab qoldi. Aks xolda bugungi o'yin ham durang bilan yakunlanishini mumkin edi. Qolaversa hisob 1:1 bo'lib turgan paytda ham farg'onaliklarda bir necha marotaba golli vaziyatlar yuzaga keldi. Bugun omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика