Rustam Mirsodiqov: Dinamo yuqori o'rinlar uchun kurashishi mumkin
23 mar 2014 20:20
Yangiliklar


Rustam Mirsodiqov: Dinamo yuqori o'rinlar uchun kurashishi mumkin
Dinamo - Metallurg uchrashuvidan so'ng, dastlab mehmonlar murabbiyi Rustam Mirsodiqov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
- Har ikki jamoa ham faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushgandi. SHu bois ikki tomon bor kuch va g'ayratini ishga soldi. Bu borada mezbon jamoaning xohishi kuchliroq ekanligi maydonda ko'rindi. Dinamoni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bu yilgi sovrinli o'rinlar uchun Bunyodkor, Lokomotiv, Paxtakor, Nasaf klublari kurash olib borishadi. SHuningdek, Dinamo va Olmaliq jamoalarining ham o'yini menga yoqqanligini aytib o'tishim mumkin. Bu klublar ham tarkib va o'yinlari bilan yuqori o'rinlar uchun kurashish imkoniyatiga egalar.

Fikrlar