Rustam Ashurmatov: "O'yin tomonlama kuchaytiradigan jihatlarimiz bor ekan"
13 okt 21:21
Yangiliklar
Rustam Ashurmatov: "O'yin tomonlama kuchaytiradigan jihatlarimiz bor ekan"
MTJ himoyachisi Rustam Ashurmatov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin yaxshi bo'ldi. O'zimiz xohlagan natija bo'lmadi, ammo etarlicha harakat qildik. O'yin tomonlama kuchaytiradigan jihatlarimiz bor ekan.
Bugungi uchrashuvda ishtirok etgan himoyachilar ham ancha tajribali edi. Men, Eshmurodova va Hamraliev. Barcha himoyachilar o'z klublarining asosiy o'yinchilari. Bu safar yig'inga kelmagan Aliqulov va Husanov ham bor. Himoya chizig'ida raqobat etarlicha. Ikkita gol o'tkazib yubordik, ammo umuman olganda himoya yomon o'yin ko'rsatmadi.
Bu safargi yig'indan o'zimizga kerakli narsalarni oldik. Endi yangi murabbiy bilan yaxshiroq natijalarga erishishimiz kerak", - dedi Rustam Ashurmatov Urugvayga qarshi bahsdan so'ng.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar