So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Rustam Abdullaev: “Yigitlardagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoq meni xursand qildi” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Yigitlardagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoq meni xursand qildi”

“Qo'qon-1912” – “SHo'rtan” (2:1) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.
- O'yinni o'zinglar ham ko'rdinglar, birinchi bo'limda vaziyatlar realizaciyasi bo'lmadi. Ozgina omadimiz kelmadi. Lekin yaxshi yutib oldik. Bitta narsaga xursand bo'ldimki, yigitlarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori ko'rindi. O'yinda yutishga intilish bo'ldi. Uchrashuv muhim ekanligini bilib harakat qilishdi – deya gap boshladi Abdullaev.

- “SHo'rtan” o'yini haqida fikringiz qanday?   
- Bu jamoa chempionatni birinchi o'rinda yakunlashga yaqin. Bizga engillik tomoni shu bo'ldiki, “SHo'rtan” muddatidan oldin elita yo'llanmasini rasmiylashtirdi. Yaxshi jamoa ekanligi ko'rinib turibdi. Tarkibida 3-4 nafar o'yinchilarning harakatlari menga yoqdi.

- Jamoangizni qolgan 3ta o'yinda bitta durang ham oliy ligaga olib chiqadi...
- Ha. Lekin shunga qaramay biz barcha o'yinlarda yutish uchun maydonga chiqamiz. CHunki yutsak, mukofot puli olamiz. (Kulib) CHempionat tugagach deyarli 4 oy davomida mukofot pulisiz ishlaymiz. SHuning uchun oldimizdagi 3ta o'yinda ham g'alaba qozonib mukofot pullarini olishga harakat qilamiz.   
- “Qo'qon-1912”ni oliy ligada o'ynashga tayyor deb hisoblaysizmi yoki qandaydir muammolar bormi?
- Bu savolga javob berishga biroz erta deb o'ylayman. CHempionat tugab bormoqda. Oldin mavsum poyoniga etsin, keyin hammasini o'ylab ko'ramiz. Lekin kelasi yil ham munosib ishtirok etish uchun harakat qilamiz.

- Ikkinchi bosqichda tarkibga Doniyor Usmonovning kelib qo'shilishi jamoani kuchaytirdi. Uning kelgusi  taqdiri qanday kechadi?   
- Bilsanglar kerak, bu erga kelishdan oldin “Lokomotiv”da ishlagandim. SHunda Usmonovning imkoniyatlarini yaxshi bilardim. “Qo'qon-1912” boshqaruvini qo'lga olganimdan so'ng esa Doniyorni “Lokomotiv”dan mavsum oxiriga qadar ijaraga oldik. Mana ko'ryapsizlar deyarli barcha o'yinda gol urib kelmoqda. Lekin uni kelasi mavsum ham jamoamizda qoladi deb ayta olmayman. Unga hozirda 3-4ta klub qiziqish bildirmoqda. Agarda “Lokomotiv” Usmonovni o'z safiga qaytarib olmasa, “Qo'qon-1912”da olib qolamiz. Bundan o'yinchini kelasi yil ham jamoamda ko'rishni xohlayman.

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика