So’nggi yangiliklar

09:13ФИФА президенти табрик йўллади  0 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  1 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  4 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  9 07:22Бугун ФИНАЛ  10 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   6 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  16 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  11 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5

Rustam Abduhamidov: "Amaldagi finalchilarning chiqib ketishi va "Qiziriq" O'zbekiston kubogining sensaciyasiga aylandi" Yangiliklar

Rustam Abduhamidov: "Amaldagi finalchilarning chiqib ketishi va "Qiziriq" O'zbekiston kubogining sensaciyasiga aylandi"

"Mashal" jamoasi Pro ligadagi dadil yurishini O'zbekiston kubogida ham davom ettirdi.

Muborakliklar OKMK, "Aral akademiya", "Buxoro" bilan bir guruhdan o'rin olgan edi. Asror Aliqulov shogirdlari yakunda 7 ochko bilan keyingi bosqichga yo'l oldi. Guruh bosqichidagi o'yinlar haqida "Mashal" futbolchisi Rustam Abduhamidov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Avvalambor, barcha O'zbekiston xalqini qo'lga kiritilgan Olimpiada yo'llanmasi bilan tabriklayman. Terma jamoamiz Parijdagi musobaqada ham munosib ishtirok etishiga ishonamiz. Bevosita kubok bahslariga to'xtaladigan bo'lsak, oson bo'lmagan guruhda birinchi o'rinni egalladik. Amaldagi finalchi OKMK, Superligaga chiqishga asosiy davogar "Buxoro" bilan kuch sinashishimizga to'g'ri keldi. 

Gol o'tkazib yubormayotganimiz har bir o'yinga jiddiy yondashayotganimizdan. Murabbiylar ishlab chiqqan reja asosida o'ynamoqdamiz. Jamoaviy ish samarasini bermoqda. 

OKMK bilan o'yinga to'xtalsam, bunday kuchli jamoalarga bo'sh xudud berib bo'lmasdi. Aks holda sizni jazolashadi. Biz zich harakat qilib o'z imkoniyatlarimizni kutishimiz talab qilingandi. O'sha imkoniyat bo'ldi va yakunda g'alaba qozondik. 

Amaldagi finalchilarning guruhda qolib ketishi va "Qiziriq"ning keyingi bosqichga yo'llanma olishi sensaciya bo'lsa kerak",- deydi Rustam Abduhamidov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика