So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  3 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  5 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  12 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22

Ruslan Vagapov: "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim" Yangiliklar

Ruslan Vagapov: "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim"

O'zbekiston Pro-ligasi 11-turi doirasida o'tkazilgan "Lokomotiv-BFK" - "Nurafshon" (0:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar jamoasi sardori Ruslan Vagapov o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi. "Lokomotiv-BFK" tarkibida yoshlar harakat qilishini hisobga olsak, bugun ular zo'r o'ynashdi. O'yinga ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Bugun raqiblarimizda ko'plab vaziyatlar yuzaga keldi. So'nggi daqiqalarda esa ular 100 foizlik vaziyatni yo'qqa chiqarishdi. Umuman olganda o'yin yaxshi saviyada o'tdi.

Farruh SHotursunov va Elbek Ravshanovning yo'qligi bilindi. O'yinimiz ularning atrofida qurilmoqda. SHu boisdan ham bugun ko'plab vaziyatlar yarata olmadik. Bugungi o'yindan keyin biz o'z ustimizda yanada ishlashimiz kerakligi ko'rinib qoldi.

Kutgandim, "Lokomotiv-BFK" shunday kurashishini kutgandim. CHunki ularning tarkibida yoshlar ko'p, ular harakatchan bo'lishadi. Umuman olganda menga "Lokomotiv-BFK" yoqdi. Agarda ular mashg'ulotlarda qattiq ishlashsa, yanada yaxshiroq jamoaga aylanishadi", - dedi Vagapov.

Mirjalol Normatov suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика