Ruslan Melziddinov kamida ikkinchi davradan maydonga tushadi
01 iyu 2014 16:27
Yangiliklar

Ruslan Melziddinov kamida ikkinchi davradan maydonga tushadi
Joriy mavsum "Neftchi"ga qaytgan Ruslan Melziddinov oxirgi paytlarda jamoa safida ko'rinish berayotgani yo'q.
Olingan malumotlarga ko'ra, futbolchi jarohat olib safdan chiqqan. Melziddinovning oyog'iga gips qo'yilgan. SHu bois futbolchi endi kamida bir oyni maydon tashqarisida o'tkazadi. Aytishlaricha Ruslan "Neftchi"ga endi kamida ikkinchi davradan boshlab yordam berishi mumkin.
Aytish lozimki, farg'onaliklar bu yilgi mavsumda jarohatlar bilan bog'liq muammoga duch kelishmoqda. Boisi undan oldin Levan Gvazava bilan Aleksandru Onika ham aynan jarohat tufayli bir nechta o'yinlarda "Neftchi"ga yordam bera olmadi. Yana bir tajribali futbolchi Aziz Alijonov ham malum muddatlik muolajalardan so'ng yana umumiy guruh bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta boshladi.

Fikrlar