So’nggi yangiliklar

21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  5 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  19 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  28 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5

Ruslan Ahmedov: "O'yinda ustunlik qilganimizga qaramasdan, qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yubordik" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "O'yinda ustunlik qilganimizga qaramasdan, qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yubordik"

Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yin og'ir bo'ldi. O'yinni nazorat qildik deya olaman. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. O'zimning jamoam o'yini ham yomon emas. Kurashuvchanlik bo'yicha chempionatda eng kuchlilardan birimiz deb o'ylayman. Bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik. Ko'p vaziyatlar yaratdik, standart vaziyatdan darvoza to'sinini poyladik. "Aral" esa bitta imkoniyatdan foydalanib ketdi.

- "Aral" jamoasi tobora "Xorazm" uchun noqulay raqib bo'lib bormoqda. Bugungi uchrashuvda "Xorazm" to'liq ustunlik qildi, ammo nega bugun jamoangiz mag'lubiyatga uchradi?

- Bunday o'yinlar bo'lib turadi. "Aral"ni biz uchun noqulay raqib deb ayta olaman. Qanday o'yin bo'lganini o'zingiz ko'rdingiz. Vaziyatlar yaratish qiyin bo'ldi va asosan vertikal futbolga tayangan o'yin bo'ldi. "Aral" vaziyatidan foydalandi va gol urdi. Alamli mag'lubiyat bo'ldi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика