So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Ruslan Ahmedov: "Durang - adolatli natija" Yangiliklar

Ruslan Ahmedov: "Durang - adolatli natija"

Pro-liganing 19-turi doirasida "Qo'qon-1912" bilan durangdan keyin "Xorazm" bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin og'ir bo'lishi kutilgandi. Ayni damda bizda holat og'ir edi. Jarohatlar, diskvalifikaciya sababli hatto zaxiradagi futbolchilar ham kamchilikni tashkil qildi. Yoshlar bor, biroq yordam beradigan darajada emas. "Qo'qon-1912"ni yaxshilab o'rganib chiqib, tayyorlandik. Umuman olganda barcha uchrashuvlarga shunday tayyorlanamiz. Bugungi raqibni yaxshi taxlil qilganimiz sababi - ayni damda "Qo'qon-1912" Superligaga chiqishga davogarlik qilmoqda, "Lokomotiv" va "Dinamo"ga ular jiddiy qarshilik ko'rsatishyapti, yozda tarkibini ham kuchaytirib oldi. Bugungi durangni esa oltinga teng desa bo'ladi. Hozir kuchli beshlikka harakat qilyapmiz. Muxlislarni xursand qilish uchun yigitlardan shuni talab qilgandim. Doimo g'alaba uchun tayyorgarlik ko'ramiz. Biroq bu futbol. Yutish ham yutqazish ham mumkin. Bugungi durangni adolatli natija deb o'ylayman. 

- Himoyadagi o'yin anchagina yaxshi bo'ldi. Ammo hujumda qanday muammolar bor?

- Tarkibdagi yoshlardagi tajriba. Niyozmetov ushbu mavsum davomida zaxira futbolchisi edi. Mana bugun unda imkoniyat bo'lgandi. SHunda ham u o'z darajasida o'ynadi. Kelasi o'yinlardan u o'zini ko'rsatishni boshlasa kerak. CHunki uni 3 hujumchilik taktika bilan birinchi marta o'ynatishim. SHu sababli unda tushunmovchiliklar bo'lgan. Himoyada yigitlar oldilariga qo'yilgan vazifani bajarishdi, yani, gol o'tkazib yuborishmadi. Hujumda esa qarshi hujumlar asosida o'ynashni reja qilgandik. "Qo'qon-1912" standartlardan keyin katta muammolar yaratdi. 

- Nevil Tengegning zaxirada qoldirilishiga sabab?

- Jarohati bor. "Dinamo"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida unchalik jiddiy bo'lmagan jarohat oldi. O'tgan hafta davomida davolandi. Navbatdagi o'yinlarda uni ko'rib qolishimiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика