Rud van Nistelroy: "Bu holatni o'zgartirish vaqti kelgandi"
08 noy 2024 08:21
Yangiliklar
Rud van Nistelroy: "Bu holatni o'zgartirish vaqti kelgandi"
"Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiyi Rud van Nistelroy Evropa ligasida PAOK ustidan qozonilgan g'alabadan mamnun.
"Birinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa yaxshiroq harakat qildik. Bu tabiiy.
Amad Diallo hal qiluvchi ishlarni bajardi. U nafaqat gol urdi, balki, raqib darvozasi oldida xavfliroq ham ko'rindi. Yaxshi ishladi.
Birinchi bo'limda poziciyalarni tanlashda qiynaldik, ikkinchi bo'limda bu ish yaxshilandi. Tanaffusgacha Xoylund uchun etarlicha vaziyat yarata olmadik.
O'yindan oldin yigitlarga MYU "Old Trafford"da evrokuboklarda g'alaba qozonmay qo'ydi deb aytdim. Bunga ishonmadik. Bu holatni o'zgartirish vaqti kelgandi. Bu klub uchun juda muhim holat.
Men uchun natija muhim bo'ldi. Yigitlar borini berib o'ynagani uchun xursand bo'lish kerak", - dedi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar