Ruben Diash: "Sporting"ni yutish oson bo'ldi deya olmaymiz"
16 fev 2022 14:01
Yangiliklar
Ruben Diash: "Sporting"ni yutish oson bo'ldi deya olmaymiz"
"Manchester Siti" sardori Ruben Diash "Sporting" (5:0)ga qarshi CHempionlar Ligasi 1/8 final ilk o'yin doirasidagi g'alaba haqida gapirdi.
Ruben Diash muvaffaqiyat kaliti vaziyatlardan foydalanish bo'lganini aytdi.
"Yaratilgan vaziyatlarni golga aylantirganimizdan mamnunmiz. Uchrashuv boshida ikki yoki uchta gol urdik va butun o'yinga tasir qildi. Ammo, bu oson bo'ldi deya olmaymiz.
Gollar bizga xotirjamlik berdi, ammo "Sporting" kuchli tomonlari borligini ko'rsatdi", - deydi Diash.
Eslatib o'tamiz, javob bahsi 9 mart kuni Manchesterda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"
Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин
Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида
Fikrlar