RPL. CSKA o'z uyida mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Abbos Fayzullaevdan golli uzatma
16 sen 2023 18:04
Yangiliklar
RPL. CSKA o'z uyida mag'lubiyatdan qutulib qoldi, Abbos Fayzullaevdan golli uzatma
CSKA o'z uyida "Krilya Sovetov"ni mehmon qildi va jangovar durang qayd etdi. Quvonarlisi, ikkinchi taymda maydonga tushgan Abbos Fayzullaev o'z pasi orqali jamoasi ikkinchi golni urishida hissa qo'shdi (VIDEO) va moskvaliklar mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
RPL
8-tur
CSKA – Krylya Sovetov 2:2
«VEB Arena»
Gollar: 0:1 – 2 Rasskazov, 0:2 – 22 Saltikov, 1:2 – 32, penalti Zabolotniy, 2:2 – 75 CHalov.
CSKA – Akinfeev, Xelven, Nababkin (CHalov, 59), Moyzes (Agapov, 21), Villian Rosha, Gayich, Glebov, Zdelar, Kuchaev (Muxin, 46), Oblyakov, Davila (Fayzullaev, 46), Zabolotniy.
Krylya Sovetov – Lomaev, Beyl, Soldatenkov, Evgenev, Gorshkov, Rasskazov, Fernando, Raxmanovich (Pisarskiy, 71), Babkin (Vityugov, 81), Saltikov, SHitov (Xubulov, 72; Ushakov, 89).
Ogohlantirishlar: Lomaev (31), Villian Rosha (37), Zdelar (40), Fernando (66), Beyl (87).
CHetlatishlar: Villian Rosha (62), Soldatenkov (90).
Fayzullaev ushbu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

CSKA 8 turdan so'ng 12 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. "Armiyachilar"ning keyngi uchrashuvi 20 sentyabr kuni "Sochi"ga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar