So’nggi yangiliklar

10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  2 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  15 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Yurtimizda futbol bayrami davom etmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yurtimizda futbol bayrami davom etmoqda"

OCHL pley-off doirasidagi "Nasaf" - "Al Faysali" (5:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.

- Yurtimizda futbol bayrami davom etmoqda. Har doim shunday bo'lsin. Barcha o'zbek futboli muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun omadimiz ham chopdi. Uchrashuvga tayyorgarlik davomida raqibni sinchikovlik bilan o'rgangandik. "Al Faysali" jiddiy jamoa ekanligini bilardik. Juda muhim g'alabaga erishdik.
Biz ularni o'rganayotganda ko'plab gollarni aynan standart vaziyatlaridan o'tkazib yuborishganiga etibor qaratgandik. Ularning aynan ushbu zaif nuqtasidan foydalandik. Ikkinchi bo'limda Bobir Abdixoliqovning kiritgan golidan so'ng o'yin taqdiri deyarli hal bo'lgandi.

Lukich borasida bizga Dragan CHeran yaxshi malumotlarni bergandi va shuni olishni tavsiya qildi. Nazorat uchrashuvida Lukichni harakatlarini ko'rgandik va bizga maqul keldi. Bugungi bahsda ham Lukich yomon o'ynamadi. Slavko Lukich debyut uchrashuvidayoq ishonchni oqladi.

SHarof Muhitdinov chap qanot himoyasida o'ynashga biroz qiynaldi. Aynan shu chiziq bizda ayni paytda muammo bo'lib turibdi. Muhitdinov aslida ko'proq chap qanot vingeri bo'lib o'ynaydi. SHu boisdan ham unga himoyada o'ynash biroz qiyinchilik tug'dirdi, bir necha bor pozicion xatolarga yo'l qo'ydi. SHarof Muhitdinovni majburan chap qanot himoyasiga qo'ydik. CHunki tarkib borasida bu chiziqda bizda tanlov yo'q edi. Bugungi uchrashuvda raqib ko'p muammoni aynan chap qanotimiz tarafdan tug'dirdi.

Pley-off o'yini bo'lgani uchun ushbu bahsda asosiy etiborni natijaga qaratgandik. Balki bugun jamoaviy u qadar yorqin futbol namoyish etmagandirmiz, lekin asosiysi g'alaba qozondik. Hozirgi zamon futbolida asosan individual harakatlar yoki standart vaziyatlari ko'p narsani hal qiladi. SHu boisdan ham ushbu o'yinda ko'proq standart vaziyatlariga etibor qaratdik. O'ylaymanki, bundan keyingi o'yinlarimiz bundanda mazmunliroq bo'ladi.

"Nasaf" OCHL guruh bosqichiga chiqdi. Endi OCHLga berilgan qaydnomaga yana futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish imkoniyati tug'ildi. Bu borada Berdiev aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerakligini aytib o'tdi.

Qaysi chiziqlarni kuchaytirishni istardim? Ayni paytda uchta poziciyada bizga futbolchi kerak bo'ladi. Bu chap qanot himoyasi, markaziy yarim himoya chizig'ida yana futbolchi zarur. CHunki Hamrobekov va G'aniev bilan butun mavsumni o'tkazishni iloji yo'q. Yoshlar safidan esa Hamrobekov yoki G'aniev darajasidagi futbolchilar yo'q. Yaqinda "Neftchi"dan tarkibga qo'shib olingan Abdujamol Isroilov bilan shartnoma imzolagandik. Negadir o'yinga u kelmadi. Bu borada gaplashamiz hali. SHuningdek, agarda yaxshi hujumchi topa olsak, hujum chizig'imizni kuchaytirishni istardik. CHunki hujum chizig'ida faqatgina CHeran va Abdixoliqov bor. Bu borada hozirgina kiyinish xonasida klub prezidenti bilan gaplashdik. Aynan mana shu uchta chiziq bo'yicha kerakli futbolchilarni izlaymiz.

Hozirgi g'alabadan havolanib ketmaslik lozim. Birinchidan uyda o'ynadik, OCHL guruh bosqichida bundanda jiddiyroq, kuchli raqiblarga duch kelamiz. Guruh bosqichidagi uchrashuvlar yanada yuqori saviyada o'tadi. "Persepolis" yoki "Al Sadd" kabi raqiblar bizni bugungi ikki bor birga-bir vaziyatlariga chiqib borsa kechirmaydi.
SHu boisdan ham tarkibni yanada raqobatbardosh qilishga harakat qilamiz.

Jahongir Aliev nega qaydnomaga ham kiritilmadi? Uning mikro jarohati mavjud. SHu boisdan ham tavakkal qilishni istamadik. Aliev iqtidorli futbolchi, uni bejizga jamoaga taklif etmadik. Mavsum davomida hali bizga ko'p yordami tegadi, deb umid qilaman, - deydi Ro'ziqul Berdiev.

OCHLda guruhdan chiqa olamizmi? Hozir bir nima deb vada bermayman. Guruhimizda jiddiy jamoalar yig'ilgan. "Persepolis" haqida ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Eronning eng grand jamoalaridan hisoblanadi. Ular safida bir qator Eron terma jamoasi futbolchilari harakat qilishadi. "Al Sadd" tarkibidagi Xavining o'zi bir dunyo. BAAning "Al Vasl" jamoasi ham ichki chempionatda etakchi bo'lib turibdi. Hech bir jamoa oson raqib emas. Hozir men "Nasaf" guruhdan chiqadi, deb vada bermayman. Qaysidir manoda, bugun biz birinchi vazifani uddaladik. Yani OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani yo'lga kiritdik. O'ylaymanki, bu jamoamizdagi yosh futbolchilar uchun katta maktab bo'ladi. Muxlislarimiz jamoamizni OCHL guruh bosqichiga chiqishini juda istashgandi. Biz bunga erishdik. Endi keyingi qadamni tashlashga harakat qilamiz.

Reyting: +103   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика