So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  6 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Ro'ziqul Berdiev: “To'pni nazorat qilganimiz evaziga g'alaba qozondik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “To'pni nazorat qilganimiz evaziga g'alaba qozondik”

“Qizilqum” - “Nasaf” uchrashuvidan so'ng o'tgan matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.

-  O'tgan turda o'z maydonimizda “Buxoro” qarshi o'yinda qimmatli ikki ochkoni boy bergandik, - deya so'z boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. - Bugungi o'yinda faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushdik. Uchrashuv davomida to'pni ko'proq nazorat qilishga harakat qildik va shuning evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik, deb o'ylayman. “Qizilqum” jamoasi o'yini ham yomon taassurot qoldirmadi. Ulardagi shijoatga havasim keldi. Bir so'z bilan aytganda, Navoiydagi uchrashuvda tomoshabinlar ham hujumkor va keskin futbolga guvoh bo'ldilar.

-  Ilhom SHomurodov jarohati tufayli “Buxoro”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi. Bugun uning maydonga qaytishi jamoamiz o'yinini kuchaytirganligi shubhasiz.

-  CHempionatda kutilmagan natijalarning qayd etilishi muxlislarimizga ham yoqyapti, deb o'ylayman. Keyingi paytda qayd etilayotgan natijalardan ko'rinib turibdiki, hali chempionat oxirlamasdan turib sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar alohida ajralib qolishmoqda. Biz qolgan uchrashuvlarda ham faqat muxlislarni quvontirish va yuqori o'rinlar uchun kurashish maqsadida maydonga chiqishga intilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика