So’nggi yangiliklar

18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  7 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  12 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Tarixiy natija bilan barcha o'zbekistonliklarni tabriklayman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tarixiy natija bilan barcha o'zbekistonliklarni tabriklayman"

OCHLning 6-turi doirasida "Al Vihdat"ga qarshi durangdan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ro'ziqul Berdiev: - Asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi va buni uddaladik. Barcha futbol muxlislarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Yigitlarga alohida rahmat aytaman. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Bugun asosiy etiborni himoyaga qaratdik, chunki bizga natija muhimroq edi.

Marko Stanoevich: - Bugun "Al Vihdat" ham yaxshi o'yin o'tkazdi. Ammo biz jamoa uchun borimizni berdik va navbatdagi bosqichga chiqdik.

- Avvalo jamoani pley-offga chiqqani bilan tabriklaymiz. Jamoangiz o'yinni hujumkor boshladi va uchinchi daqiqadayoq gol urdi. Tezkor gol Sizning rejangizda bormidi?

Ro'ziqul Berdiev: - Tezkor gol urishga harakat qilish rejada bor edi. Qarshi hujumlarda o'tkirroq, xavfliroq o'ynashni istadik. Boya aytganimdek, bugun natija uchun o'ynadik. "Nasaf"ning keyingi bosqichga chiqishi tarixiy natija bo'ldi. SHu sababli ko'proq himoyalanib, qarshi hujumlarda o'ynashimiz kerak edi. Natijadan xursandmiz.

- Markoga murabbiy haqida savol bor. Ushbu murabbiy "Nasaf"da ishlayotganiga uzoq yillar bo'ldi. O'tgan yili jamoa OFK Kubogida muvaffaqiyatli qatnashdi. 11 yil oldin esa ushbu musobaqada tarixiy natijaga erishildi. Xo'sh, murabbiyingiz qiyin va xursand paytlarda qanchalik darajada o'zgaradi?

Marko Stanoevich: - Murabbiyimiz muvaffaqiyatlarimizning asosiy sababchisi. U jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning sifatlarini, malumotlarini yaxshi biladi. U bilan ishlash menga yoqadi.

Reyting: +75   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика