So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  4 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  7 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib qanchalik jiddiy bo'lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib qanchalik jiddiy bo'lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz"

Osiyo CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Al SHabab" (Saudiya Arabistoni) – "Nasaf" uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa hujumchisi Husayn Norchaev qatnashdi.

"Barchaga salom. Xayrli kun. Birinchi marta raqib jamoa murabbiyi ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashdim. Qiziq bo'larkan. 

O'yinga kelsak, buni uzoq kutdik, uzoq tayyorgarlik ko'rdik. Bir nechta nazorat o'yinlari tashkil qildik. Asosiysi, kayfiyatimiz yaxshi. Yigitlar ertangi bahsga tayyor. Jiddiy raqibga qarshi kerakli natija uchun kurashamiz", – deya gap boshladi Ro'ziqul Berdiev.

"Hammaga salom. Bizni yaxshi kutib olishdi, bu uchun katta rahmat. Xudo xohlasa, ertangi bashgacha o'yinoldi mashg'ulotimiz bor. O'ylaymanki, jamoamiz uchrashuvga yuz foiz tayyor. Yurtimizga g'alaba bilan qaytish niyatidamiz", – dedi Husayn Norchaev.

"O'zbekistonda hali chempionat boshlanmadi. Aytib o'tganimdek, nazorat uchrashuvlari orqali tayyorgarlik olib bordik. Har qanday holatda jamoamizda ustunlik taraflari bo'ladi. Biz buni maydonda ko'rsatishimiz kerak. Bu bosqichda oson raqib bo'lmaydi. Bu OCHLdagi 8-o'yinimiz bo'ladi. Raqib qanchalik jiddiy bo'lmasin, maydonda ijobiy natija uchun kurashamiz. Raqib o'yinlarini ko'rib chiqdik va yigitlarimizga etarlicha axborot berdik. Raqibga albatta yuqori baho beramiz, Saudiya Arabistonining etakchi jamoalaridan biri sanaladi. Biz jamoamizga ishonamiz va o'z o'yinimizni namoyish etishga urinamiz", – deya so'zini yakunladi Berdiev.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика