So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  3 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  3 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   8 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Ro'ziqul Berdiev: "Rahbariyat oldimizga aniq vazifa qo'ymagan" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Rahbariyat oldimizga aniq vazifa qo'ymagan"

"Obod" - "Nasaf" (0:6) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

"Ishonchli g'alabaga erishdik. Futbolchilarimiz mahoratliroq edilar, buni hisobda ham aks ettirdik. "Obod" to'p bilan yaxshi muomala qilishini va qisqa paslar berishga usta ekanliklarini bildik. SHu bois to'psiz yaxshi harakat qilishimiz kerak edi. "Obod" birinchi gol o'tkazgach mezbonlar himoyani unutib qo'yishdi va hisob yiriklashdi. Balki ularda qandaydir tushkunlik bo'lgandir.

Soat 16:00da boshlandi. Ozgina issiq bo'ldi. Bunday havoda tez o'ynash qiyin. Faqat pozicion o'yin ko'rsatdik. Issiq tasir qildi.

Har yili yuqori o'rinlar uchun kurashinglar degan vazifa qo'yiladi. Bizga kubokni olinglar yoki chempion bo'linglar deyilmaydi. Biz yuqori o'rinlar uchun kurashni davom ettiramiz. "Lokomotiv" chempionlikni berib qo'yadi deb o'ylamayman. Ikkinchi o'rin OCHL yo'llanmasini beradi. SHu bois kurash keskin kechadi. Hozir musobaqa jadvaliga qarasak 6ta klub kurashishi mumkin.

Mavsum davomida eng noqulay raqib bu "Bunyodkor" bo'ldi. Ikki marta ularga yutqazdik.

Islom Kenjaboev nimaga o'ynamadi? Oxirgi paytda ko'p o'yin o'tkazayapmiz. Hali u yosh va har tur 90 daqiqadan o'ynay olmaydi. SHu bois unga dam berish maqsadida zaxirada qoldirdim, - deydi Ro'ziqul Berdiev. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика