So’nggi yangiliklar

19:29Про лига. "Арал" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди   1 19:25Футзал бўйича Ўзбекистон Суперкубоги. БМБ "Оил Стар" билан тўқнаш келмоқда (онлайн ҳисоб)  5 19:22Тимур Кападзе: "Ўмон билан ўйинда легионерлар бизга ёрдам беролмайди"  2 19:01Хаби Алонсо Рюдигернинг жисмоний ҳолати ҳақида тўхталди  0 18:34Онана Ла Лигага йўл оладими?  2 18:01Расман: "Боруссия Д" "Челси" ярим ҳимоячиси трансферини расмийлаштирди  2 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  1 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  13 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  8 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik"

Oliy liga 7-tur markaziy o'yini "Nasaf" - "Lokomotiv" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Bugun juda qiyin g'alaba erishdik. G'alaba bilan muxlislarni tabriklayman. Barcha o'yinlar juda qiyin kechmoqda. Asosiysi, peshqadamlikni saqlab qola oldik. O'yinga keladigan bo'lsak, bugun ikki xil bo'limlarni guvohi bo'ldik. Birinchi taymda ko'proq hujumda o'ynadik. Ikkinchi bo'limda esa asosan natija uchun harakat qildik. "Lokomotiv" ko'p bor pozicion hujumda harakat qildi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Ro'ziqul Berdiev.

- "Nasaf" bugun juda ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Biroq yana o'sha muammo, imkoniyatlardan foydalanishda kamchiliklar etarlicha. Davralar oralig'ida yangi hujumchi sotib olish rejalashtirilganmi?
- To'g'ri, vaziyatlarni golda aylantirishda muammolarga duch kelmoqdamiz. Balki ikkinchi bo'limda yuzaga kelgan vaziyatlardan birini golga aylantirganimizda, o'yinning qolgan qismi osonroq kecharmidi. So'nggi paytlarda barcha "Nasaf"ning hujum chizig'ini va xususan Ilhom SHomurodovni tanqid qilmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, SHomurodov har doim jamoamizning kerakli va muhim gollarini kiritib kelgan. Uning o'yini murabbiylar shtabini qoniqtirmoqda. Bizda har bir vaziyatdan unumli foydalana oladigan hujumchini sotib olish uchun sharoitlarimiz to'g'ri kelmaydi. Biz ham istardik, yuqori saviyadagi hujumchini sotib olishni. Biroq bunga imkoniyatlarimiz etarli emas. SHaroitdan kelib chiqqan holda ish tutamiz. Davralar oralig'ida qaysidir futbolchini sotib olamiz deb vada bera olmayman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика