So’nggi yangiliklar

16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  0 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  1 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  17 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  3 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  1 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  6 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  6 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  22 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Qanday logotip bilan o'ynashning ahamiyati yo'q" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Qanday logotip bilan o'ynashning ahamiyati yo'q"

Coca-Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Oson o'yin bo'lmadi. Ko'rayapsizlar, Superligada oson o'yinning o'zi qolgani yo'q. Biz "Buxoro" jamoasini tempni tushirib o'ynashini bilardik. SHu boisdan ham shunga mos harakat qildik. Tezroq raqib darvozasiga gol kiritishimiz zarur edi, bu ikkinchi bo'lim oxiriga kelib amalga oshdi. Muxlislarimiz bugun bizni juda yaxshi qo'llab-quvvatlashdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman.

- O'tgan o'yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng jamoada ruhiy muammo bordek ko'rindi...

- Ha, bunday xolat har bir jamoada uchrab turadi. O'ylayman-ki, bugungi o'yin mana shu bosimdan chiqib ketishimizga yordam beradi.

- Jambuli Jigauri o'rtoqlik o'yinlarida o'zini yaxshi ko'rsatayotgandi. Biroq, Superliga doirasidagi o'yinlarda sermahsullik namoyish etmayapti...

- Jigauri yangi futbolchi. U hali bizning chempionat haqida to'liq tasavvurga ega emas. Superligamiz darajasi yuqori. Jigauri uchun ozroq vaqt kerak.

- "Nasaf" autsayderlarga qarshi o'yinlarda qiynalayapti. Buning sababini qanday izoxlaysiz?

- Bunaqa natijalar avval ham bo'lgan. Futbolda kutilmagan hisoblar uchrab turadi. Raqiblar bizga himoyaviy o'yin taklif etishayapti, bo'sh xududlar kam va qiynalayapmiz. "Turon" bilan o'yinda birinchi bo'limning boshidagi vaziyatlarimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lishi mumkin edi.

- "Nasaf" himoyada qiynalsa, keyingi o'yinda "Paxtakor" ham shunday uslubdan foydalanmaydimi?

- "Paxtakor" hujumkor jamoa. Bu klub safida tajribali nomlar bor. Biz ular ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqamiz va shunga mos uslubni tanlaymiz.

- "Nasaf" uchun qaysi logotip ostida o'ynash maqulroq?

- Biz "ajdar" bo'lib qolamiz. Har ikki logotip ostida o'ynashning farqi yo'q. Avval ham xumo qushi logotipida o'ynaganmiz, ajdar tasvirida ham. Muhimi, "Nasaf" har o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика