So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  0 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor"ga hakamlarning yordami kerak emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor"ga hakamlarning yordami kerak emas"

"Paxtakor" - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan keyin Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Menimcha bugun o'yinni hakamlar buzib qo'ydi. Bunday o'yinlarda saviyasi yuqoriroq hakamlar kerak. O'zimning yosh shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Grand jamoaga qarshi munosib o'ynadik.

Hozir o'yin videosini ko'rgan odamlarning aytishi bo'yicha Akrom Komilov tepgan paytda Bikmaev o'yindan tashqari holatda turgan ekan, Bikmaevdan Krimecga to'p borganida ham ofsayd bor edi. Buni qanot hakami qanday ko'rmay qoldi xayronman. Bu videoni hali o'zim ko'rganim yo'q.

Mannonov akademiyamiz tarbiyalanuvchisi. Unga o'rtoqlik o'yinlarida imkoniyat bergandik. Masharipovga qarshi aynan shunday tipdagi futbolchi kerak edi.

Aslida bugun ikkinchi raqamli jamoa bo'lib, qarshi hujumlarda o'ynashimiz kerak edi. Birinchi taymda u qadar yaxshi o'ynay olmadik. Ikkinchi taymda taktikani 4-5-1ni 4-4-2ga o'zgartirdik. Raqibga yuqoriroq bosim o'tazdik va gol urdik.

O'yin oxiriga kelib "Paxtakor" ustunlikka ega bo'ldi va standart vaziyatda ozgina etiborni yo'qotdik.

Kiyim almashtirish xonasida yosh futbolchilarim yig'lab o'tirishibdi. "Paxtakor" hakamlarning yordamiga muhtoj emas. O'z shogirdlarimning harakatlaridan xursandman.

Bobir Abdixoliqovning belida og'riq bor. Aziz G'aniev esa umumiy guruhga qaytdi. Olti oy kutdik yana bir oy kutsak hech nima qilmaydi. Bu Aziz uchun foydali bo'ladi. SHarof Muhitdinovda engil jarohati bor. U ham umumiy guruhga qaytdi. Bu yigitlar sog' bo'lishsa jamoada raqobat ham kuchayadi.

Islom Kenjaboevning holatini shifokorlardan so'raymiz. Hozircha aniq malumot yo'q", - deydi Berdiev.

Reyting: +275   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика