So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  20 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

Ro'ziqul Berdiev: "Ordabasi"ning maqsadi jiddiy ekan. Klub Qozog'iston chempioni bo'lmoqchi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ordabasi"ning maqsadi jiddiy ekan. Klub Qozog'iston chempioni bo'lmoqchi"

Qarshining "Nasaf" klubi kecha Turkiyadagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini Qozog'istonning "Ordabasi" klubiga qarshi o'tkazdi.

Mazkur bahsdan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qisqa intervyu berdi.

- "Nasaf"ning Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini yakunlandi, umumiy xulosalaringiz qanday?

- Barcha rejalashtirgan o'yinlarimizni o'tkazib oldik. Yigitlarga etarlicha o'yin amaliyoti berishga harakat qildik va oldinda bizni kutib turgan CHempionlar ligasida uchrashuvda bor imkoniyatlarimizni ishga solib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Qiziq bir holatga duch keldik, shogirdingiz Bobir Abdixoliqov "Nasaf" jamoasiga qarshi o'zining yangi jamoasidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi, Bobirning transferi haqida fikringiz qanday?

- Uchrashuv oldidan "Ordabasi" jamoasi murabbiylari va rahbariyati bilan suhbatlashdim, jamoa Qozog'iston terma jamoasining 5-6 futbolchisini o'z safiga qo'shib olibdi. Klub oldiga chempionlik maqsadi qo'yilibdi, hatto Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiev ham tashrif buyuribdi. Jamoaning bo'lajak mavsumdan maqsadlari katta, "Ordabasi" tarkibida 6-7 nafar Qozog'iston terma o'yinchilari bor ekan.

- Ro'ziqul aka jamoaga omad tilaymiz, Qatardan g'alaba bilan qaytinglar...

-Tilaklar uchun rahmat, Qatardan yuzimiz yorug' bo'lib qaytish nasib qilsin.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" 19 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida "Al SHabab" klubiga qarshi o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.




Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика