So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz ham kubok, ham chempionatda maksimal natijaga erishish" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz ham kubok, ham chempionatda maksimal natijaga erishish"

30 oktyabr kuni Buxoro shahri O'zbekiston Coca Cola Kubogi finaliga mezbonlik qiladi.

Unda Namanganning "Navbahor" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubi bilan to'qnash keladi. Bugun "Sahid Zarafshon" mehmonxonasida "Nasaf" azolari – bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev, himoyachi Umar Eshmurodov va yarim himoyachi Marko Stanoevich ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Ro'ziqul Berdiev: "Assalomu alaykum. Ertangi o'yin ajoyib muhitda o'tadi deb o'ylayman. Maydon holati bilan tanishdik. Ertaga ajoyib muhit bo'lishini kutyapman. Maydonda chempionatning ikkita eng kuchli jamoasi g'alaba uchun jang qiladi. Uchrashuvga tayyorgarlik yaxshi o'tdi. O'ylaymanki, ertaga shogirdlarim o'yinga shay holatda maydonga chiqishadi. Maqsadimiz ijobiy natija qayd etish. Biz bunday turnirlarda ishtirok etib, tajriba orttirganmiz".

Marko Stanoevich: "Albatta, bu juda muhim o'yin. Ushbu o'yin ancha vaqt davomida intiqlik bilan kutilgandi. Ertaga o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Biz o'tgan yilgi singari muvaffaqiyat qozonishga urinib ko'raman".

Umar Eshmurodov: "Ertaga biz uchun mavsumdagi muhim o'yinlardan biri bo'ladi. G'alaba uchun borimizni beramiz".

- Ro'ziqul Berdievga savol. Norchaev mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Ixtiyoringizda bitta hujumchi qoldi — Lima Kruz. Hujumchilar etishmasligi taktika tanlashda minusga ishlaydimi?

- Norchaev biz uchun katta yo'qotish bo'ldi. Husayn ko'pgina o'yinlarda jamoaga katta foyda keltirgandi, afsuski ertangi o'yinda u ishtirok eta olmaydi. SHunga qaramay, biz o'z imkoniyatimizdan maksimal foydalanamiz. Albatta, tarkibda o'zgarishlar bo'ladi. Biroq natija uchun borimizni bermaiz. Bunday holat jamoalarda uchrab turadi. Yo'qotishlarning o'rnini qolganlar bilan to'ldiramiz. Bizda SHahzod Akromov kabi yosh hujumchi bor, zarurat tug'ilsa, ertaga u ham maydonga tushadi.

- "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan so'ng jamoadagi kayfiyat alo darajada. Bunday o'yinlardan so'ng jamoani tayyorlashga qo'shimcha kuch kerak bo'ladi. Siz ham o'zingiz, ham jamoaga shunday ruhiy kuchni qaerdan topasiz?

- Har qanday holatda ham ruhiy tayyorgarlikni yo'qotmaslik kerak. Sportda ruhiy tayyorgarlik hamisha birinchi o'ringa chiqadi. Har qanday muvaffaqiyatsizlikda kayfiyat buzilsa, bu kelgusi o'yinga tasir qilishi mumkin. Biz o'tgan o'yinni esdan chiqardik. Albatta, ikki ochko biz uchun juda muhim edi, buni Marko ham tushunib turibdi. Bu faqat Markoning xatosi emas, biz boshqa vaziyatlardan ham foydalanishimiz kerak edi. U uchrashuv ortda qoldi, endi qaytarib bo'lmaydi. Hozir ertangi o'yin haqida ko'proq o'ylayapmiz. Maqsadimiz ham kubok, ham chempionatda maksimal natijaga erishish.

- Tanlash imkoniyati bo'lsa, "Nasaf" qay birini afzal ko'radi: kubok yoki Superliga chempionligi?

- Ikkalasi uchun ham kurashamiz, chunki ikkalasi uchun ham yaqin turibmiz. SHunday o'yinlar bo'ldiki, noqulay ob-havo sharoitida OCHLda har uch kunda o'yin o'tkazdik. SHu bois, jamoa bunday o'yinlarga tayyor. 

- Faoliyatingiz davomida "Nasaf"dagi 10-finalni o'tkazasiz. O'rtaga OCHL yo'llanmasi tikilgan. Uchrashuv juda muhim, raqib ham kuchli. Ertaga "Nasaf" o'z uslubida harakat qiladimi yoi raqib jamoaga moslashgan holda ikkinchi raqam ostida o'ynaydimi?

- OCHLda ishtirokimizni davom ettiryapmiz. Kelasi yil baribir ushbu turnirda qatnashamiz. Ular bu turnirda qatnashish muhimligini anglab etishdi. "Navbahor" har yilgiga nisbatan ancha kuchli. Ertaga bizga oson bo'lmaydi. Raqib himoyalanishni ham, hujum qilishni ham yaxshi biladi. Lekin hech qachon o'z o'yininmizdan qochmaganmiz.

- O'yin penaltilar seriyasigacha davom etadigan taqdirda, klub bunga tayyormi? O'yin davomida yana raqib darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilansa, yana Stanoevich amalga oshiradimi?

- Bu safar boshqaga beramiz. Biroq Markoning penalti samaradorligi yomonmas. Agar unda o'ziga bo'lgan ishonchi bo'lsa, balki unga ham imkon berarmiz. O'yin davomida kimda o'ziga bo'lgan ishonch bo'lsa, o'sha futbolchi penaltini amalga oshiradi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rganmiz.

- Kubok o'yinlaridagi "Nasaf"ning barcha gollarini himoyachilar kiritgan ekan. Bu nima bilan bog'liq?

- Avval takidlaganimdek, himoyachilardan ham golli vaziyatlarni yakunlashni talab qilamiz. Standart vaziyatlar futbolda juda muhim. Himoyachilardan ushbu jarayonlarga qo'shilishini talab qilamiz. 

- Oxirgi o'yinlarda qanot o'yinchilarini zaxiraga olyapsiz. Nasrullaev "Qizilqum"ga qarshi o'yinda, Saidov esa so'nggi bahsda noroziligini bildirdi, ular bilan aloqangiz qay darajada? SHuningdek, bu yil Babayan jamoasini mag'lub etmadingiz. Bu seriya buziladimi?

- Statistikaga ko'p etibor qaratmaymiz. Saidov va Nasrullaev qanotlarda katta hajmdagi ishlarni bajaradi hamda toliqish yuzaga keladi. Biz ularda charchoq alomatlari kuzatilganda yoki taktik jihatdan o'zgarish qilmoqchi bo'lsak, zaxiraga olyapmiz. Norozilik bo'lishi tabiiy, lekin murabbiy qaror qabul qiladi. 

Marko Stanoevichga savol. "Nasaf" muxlislariga tilaklaringiz...

- Final eng qiziqarli o'yin hisoblanadi. Muxlislarni qo'llab-quvvatlashga chorlab qolamiz. 

- Umar Eshmurodovga savol. "Nasaf" muxlislariga tilaklaringiz...

- Muxlislarimiz finalga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko'rishmoqda. Biz ular uchun borimizni berib, chiroyli o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Ro'ziqul Berdievga savol.Ertangi o'yin hujumlarga boy ruhda o'tadimi yoki taktikaga asoslangan uchrashuv guvohiga aylanamizmi?

- O'ylashimcha, ikkala jamoa ham ehtiyotkor o'yin namoyish etadi. CHunki bu bosqichda ikkinchi o'yin o'tkazilmaydi, boshqa imkoniyat bo'lmaydi. SHu bois, ertangi bahsda hech kim chiroyli va sifatli o'yinni birinchi o'ringa qo'ymasa kerak. Asosiysi — natija.

- Finalda tavakkalga yo'l qo'yasizmi? 

- Bu eng so'nggi rejalarimizda bor.

- So'nggi 2-3 o'yinda Eshmurodov tayanch nuqtasida to'p surdi. Bu nima bilan bog'liq?

- Umar faoliyatini markaziy yarim himoyachi sifatida boshlagan. SHu bois, uning tajribasi bor. Eshmurodov maydonda aqlli harakat qiladi. Men unda muammo ko'rmayapman va uning o'yinlaridan qoniqyapman.

- Eshmurodovga savol. Maydon holati haqida fikringiz qanday?

- Maydon holati yaxshi. Avvalgidan ancha o'zgargan. To'g'ri, juda zo'r deb bo'lmaydi, ammo o'zimizni maydonda yaxshi his qildik.

- SHahzod Akromovni kelajakdagi kashfiyotingiz deyish mumkinmi?

- Kashfiyotlar ko'p bo'ladi. Futbol maktabimizdan uni yoshlarga jamoasiga o'tkazidik, hozirda yana bir hujumchi etishib chiqmoqda. SHahzodga bazi o'yinlarda imkon berildi, biroq unda sifat borasida kamchiliklar bor. U hali yosh, o'z ustida ishlasa, o'sish imkoniyati yuqori. Bizda yoshlarga ko'p imkoniyat berilardi. Bu yilgi maqsadimiz yuqori bo'lgani uchun ko'proq legionerlarni taklif qildik. Biroq yoshlarni kuzatib boryapmiz, ularga imkon beramiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz...

- Ertangi o'yinda stadion to'lib-toshishini kutyapman. Ikki jamoa muxlislari qo'llab-quvvatlash borasida avjiga chiqqan. Biz Qarshida buni his qilyapmiz. O'ylaymanki, ertaga ham ular ajoyib muhit yarata oladi. Biz natija bilan ularni ham xursand qilmoqchimiz.


Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика