So’nggi yangiliklar

23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  1 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  23 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0

Ro'ziqul Berdiev: "Lokomotiv" bugun 5 nafar himoyachi bilan o'ynadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Lokomotiv" bugun 5 nafar himoyachi bilan o'ynadi"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Guvohi bo'ldilaringiz o'yin bizning ustunligimizda o'tdi. Faqat maqsadimizga erishish uchun bitta gol etishmadi. Yigitlar finalga chiqishni juda ham istashgan edi va bugun borini berib o'ynashdi. Natija biz uchun qoniqarsiz bo'lsada, futbolchilarimiz o'yinidan qoniqish hosil qildim.

Bugun etarlicha vaziyatlarni yarata oldik. Faqat shu birinchi bo'limdagi vaziyatlarda gol kirita olganimizda, o'yin boshqacha bo'lishi ham mumkin edi.

O'zbekiston kubogi g'olibligi ham OCHLga to'g'ridan-to'g'ri bo'lmasada, saralash o'yinlarida ishtirok etishi huquqini berar edi. SHu bois, ham futbolchilar borini berib o'ynashdi. Lekin biz bilamiz, chempionatda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoada ham shunday imkoniyat bo'ladi. Endi shundan foydalanishga harakat qilamiz.

“Lokomotiv” bugun 5 ta himoyachi bilan o'ynadi. SHu bois, biz o'z taktikamizni o'yin boshidan o'zgartirdik, yani 4-4-2 taktik sxemasiga o'tdik. CHunki 5ta himoyachi bilan o'ynaydigan jamoaga 2 ta hujumchi tushurmasak, imkoniyatlar bo'lmaydi. Yigitlarga raqibga nisbatan ko'proq bosim o'tkazishga ko'rsatma berdik. Albatta, bunday paytda  futbolchilar uchun ko'proq yugurish talab etiladi va o'z-o'zidan bu orqali ularda jismoniy toliqish ham bo'ladi. SHuning uchun ikkinchi bo'lim oxirlarida biroz o'yinimiz sustlashdi.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика