So’nggi yangiliklar

21:52Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" - "Ал Насср" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  1 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  0 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  4 20:15БАА. "Бани Яс" - "Ал Наср" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  1 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0 19:33Украина чемпионатининг 2017 йилдаги энг яхши мураббийи "Нефтчи" U-21 жамоасида иш бошлади  4 19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  2 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  9 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  11

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumni yakunlashda faqat hujumchilar emas, boshqa futbolchilar ham qo'shilishi kerak degan fikrim bugun amalda isbotini topdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Hujumni yakunlashda faqat hujumchilar emas, boshqa futbolchilar ham qo'shilishi kerak degan fikrim bugun amalda isbotini topdi"

Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Sadd" uchrashuvidan so'ng Ro'ziqul Berdiev va Akmal Mozgovoy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Barchaga hayrli kech! Bugun o'yinni yaxshi tashkil qildik. Raqibning kuchli taraflarini ham yopishga harakat qildik. Futbolchilarimiz buning uddasidan chiqishdi. Ikkinchi bo'limda hujumda yaxshi o'ynadik. Bu erga kelishimizdan maqsadimiz anchagina jiddiy edi. O'ylaymanki, buni o'yinlarimiz bilan ko'rsatyapmiz.

Kecha ham aytgandim, hujumni yakunlashda faqat hujumchilar emas, boshqa futbolchilar ham qo'shilishi kerak, deb. Bu narsa amalda bugun isbotini topdi. Bu ruhiyat bilan bog'liq masala. O'ylaymanki, ushbu o'yindan so'ng barchasi yanada yaxshi bo'ladi". 

Akmal Mozgovoy: "Bugun yaxshi jamoani yutdik deb o'ylayman. Biz yaxshi o'yin tashkil qila oldik. Murabbiyning barcha ko'rsatmalarini bajardik. Kelasi o'yin ham chiroyli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz".

Savol: Akmal, siz haqiqiy tayanch yarim himoyachisi hisoblanasiz. Lekin faqat bugunmas, avvalgi o'yinlardam ham shunday epizodlar bo'ldiki, sizda ko'p yaxshi imkoniyatlar bo'lyapti, bugun ham ikkita gol urdingiz. Bu narsalar murabbiy ko'rsatmasimi?

Akmal Mozgovoy: "Murabbiyimiz ham aytadi, ko'p holatlarda kimdir oldinga borsa, kimda orqada qolish kerak, deb. Vaziyatga qarab o'ynaymiz. Ayrim holatlarda o'zim chiqyapman".

Reyting: +113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика