So’nggi yangiliklar

11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  3 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  5 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  1 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  15 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4 07:34Пролига. Бугун Суперлига йўлланмасига эга чиқадиган жамоа аниқ бўлади  5 04:19U-17 ЖЧ. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 04:01Мўминхон Баходирхонов: "Агар Ирландия ўз кучи билан ютган бўлса, ҳали улар билан кўришамиз"  5 03:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 02:57А Серия. Турин дербисида ҳисоб очилмади, "Милан" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди  1 02:50Исломбек Исмоилов: "168 сантиметр бўйга эга футболчи 190 сантиметрликни ютиши жуда қийин"  20

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga himoyadagi xatoni takrorlamaslikka va hujumdagi xatolarni to'g'rilashga intilamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga himoyadagi xatoni takrorlamaslikka va hujumdagi xatolarni to'g'rilashga intilamiz"

Ertaga OCHL "E" guruh 4-tur doirasidagi "Al Faysali" - "Nasaf" o'yini bo'lib o'tadi.

O'yindan oldingi matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va hujumchi Husayn Norchaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.



"Al Faysali" jamoasi guruhimiz etakchisi bo'lib turibdi. Ular uchta o'yinda bunga munosib ekanligini ko'rsatishdi. Ular bilan bo'lgan birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradik, ertangi o'yinda oldin qilingan xatolarni takrorlamasdan, faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz", - dedi Berdiev.

"Biz ertangi o'yinga yuz foiz tayyormiz. Ushbu o'yinda uch ochko bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - dedi Norchaev.


- Oldingi o'yindan kelib chiqsak, "Al Faysali" ayni damda guruh peshqadami bo'lib turibdi. Katta ehtimol bilan ertangi o'yinda oldingidan ham kuchliroq "avtobus qo'yilishi" ehtimoli juda ham yuqori. Jamoangiz shunga tayyormi? (muxbirimiz savoli - Tolibjon Qosimov)

- Buni avtobus demagan bo'lardim-u, lekin "Al Faysali" jamoa sifatida yaxshi himoyalanar ekan, buni faqat bizga qarshi o'yinda emas, balki "Al Sadd"ga qarshi bahsda ham ko'rsatishdi. Ertaga ular qanchalik zich joylashmasin, raqib darvozasiga yo'l topishimiz kerak. Kecha bu bo'yicha yigitlarga ko'rsatma berdik, shuningdek qaerda xato qilganimiz va qaerda keskinroq harakat qilishimiz kerakligini tushuntirdik. Ertaga himoyadagi xatoni takrorlamaslikka va hujumdagi xatolarni to'g'rilashga intilamiz.


- O'tgan mavsum OFK to'purari bo'lgan edingiz, OCHLda sizga nima etishmayapti?

"CHempionlar ligasi darajasi OFKga qaraganda biroz kuchliroq ekani to'g'ri. Ertadan boshlab hujumchilik vazifamni uddalashga, yani gol urishni boshlashga va bu bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilaman.

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика