So’nggi yangiliklar

01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  0 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  1 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  4 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   1 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  6 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  6 21:04"Манчестер Юнайтед" футболчиси фаолиятини "Вест Бромвич"да давом эттириши мумкин  0 20:39Ўзбекистон терма жамоаси афсоналари Россия фахрийлари билан дуранг ўйнади  17 20:25"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди   5 19:56"Барселона" Майамида ташкил этиладиган "Вильярреал"га қарши ўйин ортидан 5 млн евро ишлаб олади  0 19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  2

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik”

“Buxoro” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv (1:0) nihoyasiga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul BERDIEV o'yin haqida quyidagi fikrlarini bildirdi.

-“Buxoro” jamoasi bugun maydonda yaxshi kurash olib bordi. Ularda g'alaba bo'lgan ishtiyoq o'yin davom sezilib turdi va ular shuning evaziga g'alabaga erishishdi. Jamoamiz o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, biz  kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. “Buxoro” natija uchun kurashdi va bunga erishdi. Bugun futbolchilarimiz juda sekin o'ynashdi. Bunday o'yin orqali g'alabaga erishish qiyin. Biz futbolchilarimizga, raqibimiz bugun bizga nisbatan haqiqiy kurashishini aytgan edik. SHunday ham bo'ldi. O'yinda kurashuvchanlik etishmagan jamoaning muvaffaqiyat qozonishi amri mahol.

Jamoamizni tark etgan futbolchilar haqida takror-takror savollar bo'layapti. Bu savollarga to'liq javob berib o'tdik. Yana buni takrorlashni hojati yo'q. Gap aynan darvozabon haqida gap ketayotgan bo'lsa, Sanjar Quvvatov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Agar u bugun penaltini qaytarmaganda, ahvolimiz bundan achinarli bo'lishi mumkin edi. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarmizni birontasini tanqid qilishdan yiroqman. Bugun butun  jamoa bo'lib yutqazdik.


Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика