So’nggi yangiliklar

01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  21 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  2 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  2 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  24 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  5

Ro'ziqul Berdiev: "Bizga g'alaba kerak, "Al Jayish"dan esa ertaga o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazishini kutamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizga g'alaba kerak, "Al Jayish"dan esa ertaga o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazishini kutamiz"

“Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda darvozabonimiz Eldorbek Suyunov ishtirok etdi.


Ro'ziqul Berdiev: - Ertaga shubhasiz qiziqarli uchrashuv bo'ladi. Endigi vaziyat shundayki, ikkala jamoani ham faqat g'alaba qanoatlantiradi va bu g'alaba shu jamoani guruh bosqichidan olib chiqadi. Ikkinchi juftlik o'yini natijasi bizga nima beradi? O'ylaymanki, ertaga “Al-Jayish” o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatadi va natija ham shunga monand bo'ladi. “Al-Ayn” klubi mamlakat chempionatida ikkinchi o'rin bilan cheklandi, raqibimiz Amirlikning eng kuchli jamoalaridan biri ekanligini hamma biladi. Ularning etiborlari endi OCHLga qaratilganini sezish qiyin emas. Hozir guruhimizda shunday vaziyatki, har qanday holat bo'lishi mumkin, hatto bizga uch ochko ham foyda bermasligi mumkin. SHundan kelib chiqib, ertaga faqat ijobiy natija uchun kurashamiz. “Al-Ayn” jamoasining hujum chizig'ida o'ynaydigan kuchli futbolchilari bor, bundan tashqari boshqa ampluadagi yaxshi o'yinchilari ham etarli. Biz “Al-Ayn” jamoasini etarlicha o'rganib chiqdik, ularning kamchiliklarini ham bilamiz, ertangi uchrashuvda raqibimizning kamchiliklaridan foydalanishimiz kerak. To'g'ri, bizda oldingi o'yinda bo'lgani kabi, yo'qotishlar bor. Jamoamiz hujumchisi Ilhom SHomurodov afsuski ertaga ham bizga yordam bera olmaydi.

Eldorbek Suyunov: - Biz bu erga bitta maqsad bilan kelganmiz, u ham bo'lsa ertaga bo'ladigan uchrashuvda faqat g'alaba qozonish. Biz buni uddalashga tayyormiz, yani yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Endi Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuv tarixda qoldi, shuning uchun bizning bor diqqat-etiborimiz ertangi o'yinga qaratilgan. Bu erdagi ob-havo bizdagi bilan deyarli bir xil, biz uchun hech qanday noqulaylik tug'dirmaydi. Qolaversa, ikkala jamoa ham bir xil ob-havoda o'ynaydi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика