So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Bitta xato va ..." Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bitta xato va ..."

OCHLda 3-tur bellashuvlari o'z yakuniga etdi. "E" guruhi doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi Saudiya Arabistonining "Al Faysali" jamoasi bilan bellashdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Nasaf Qarshi

AFC Champions League Grp. E . 3-tur

16/04/2022, 02:15

1
:
0
Tugadi

Al-Faisaly

Julio Tavares - 29'

45'
90'
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Oybek Bozorov)
52'  Marko Stanojevic
53'  Khusniddin Alikulov
65'  Sharof Mukhiddinov (Sukhrob Nurulloev)
80'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)
20'  Ahmed Asiri (Yaseen Barnawi)
25'  Hussain Qasim
29'  Julio Tavares
29'  Mohammed Al-Amri
73'  Abdulrahman Al-Dosari (Khalid Al Kabi)
77'  Martin Boyle
83'  Mohammed Al-Amri (Shaye Ali Sharahili)

"Bitta xatoyimiz mag'lubiyatga olib keldi, shu xato rejamizni buzdi. Reja bo'yicha birinchi bo'limni ehtiyotkor o'ynab darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish kerak edi. Afsuski, bunday bo'lmadi. Yagona xato va rejamiz buzildi.

"Al Faysali"dan jismoniy tomonlama kuchliroq edik, buni o'yinda ham ko'rsata oldik. Lekin, 2-bo'limdagi ayrim vaziyatlarda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi, bazida esa omad bizdan yuz o'girdi".

- Bu jamoa mana uchinchi o'yindirki, o'yin tempini tushirib o'ynayapti. Yani, ularni uslubi shunday ekan. Bugun ham bitta vaziyat yaratib gol urishdi va tempni "o'ldirishdi". Ularga qarshi keyingi o'yinda bu narsaga chora topish haqida o'ylayapsizmi?

- To'g'ri takidlab o'tdingiz, ular ko'proq mahoratga etibor qaratib o'ynashadi. Biz buni bilardik. Oldingi o'yinlarda ham xuddi shunday o'ynab g'alaba qozongandi. Juda ham tartibli o'ynab, o'z imkoniyatlarini golga aylantirgandi. Bugun ham xuddi shunday bo'ldi. Bazi vaziyatlarda jamoa yotib olib vaqt cho'zdi, biroq ular g'alaba qozondi, bu bilan faqat raqibni tabriklash kerak.

Biz bu jamoa bilan o'ynab ko'rdik va keyingi o'yinda boshqacha harakat qilamiz, umuman hamma jamoalarni kuchini bilamiz. Yigitlarga ham aytdim hamma jamoa bilan o'ynay olamiz. Faqat bundan ham shiddatliroq va keskinroq o'ynashimiz kerak.


- Kecha siz "Al Faysali"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman degan edingiz, o'yindan keyin qanday fikrga keldingiz?

- O'ylaymanki, "Al Faysali"ning o'yini o'zgarmaydi. Yana shu usulda o'ynaydi, faqat o'yinchilar o'zgarishi mumkin. Ularda Tavares bor va unga uzun paslar uzatish orqali o'yinni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" va "Al Faysali" OCHL 4-turida ham o'zaro to'qnash keladi. Mazkur bahs 19 aprel kuni tunda 01:15 (Toshkent vaqti bilan) bo'lib o'tadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика