So’nggi yangiliklar

15:46Игорь Сергеев йил футболчиси бўлишда Жамшид Искандеровни қанча фарқ билан ортда қолдирди?  0 15:20Ўзбекистон футзал терма жамоаси ёпиқ эшиклар ортида ўтган ўйинда Россияга имкониятни бой берди  1 15:04"Динамо" янги мавсумга тайёргарликни Самарқандда бошлайди  1 14:35Канте, Фабиньо, Бергвейн, Бензема... "Насаф"нинг Элит ОЧЛ 6-туридаги рақиби ҳақида  5 14:10"Чемпионлик? Бу қўлимиздан келадиган иш" — Равшан Ҳайдаров  4 13:35Nike, Adidas ёки Under Armour? Жаҳон брендлари Мбаппе учун курашга киришди  0 13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  1 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  4 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  2 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  4 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  22 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  3

Ro'ziqul Berdiev: "Avvallari 2-3 jamoa chempionlik uchun kurashardi, hozir esa..." Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Avvallari 2-3 jamoa chempionlik uchun kurashardi, hozir esa..."

Superliganing 3-turi doirasida qoldirilgan AGMK - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- CHempionatdagi eng yaxshi o'yinlardan biri bo'ldi. Havo issiq bo'lishiga qaramay, ikkala jamoa ham ochiq o'yin namoyish etdi. Vaziyat va gollarning ko'p ekanligi fikrimning isbotidir. Birinchi bo'limda to'pni yaxshi nazorat qildik va hisobda oldinga chiqib oldik. Ikkinchi bo'limning taxminan 30 daqiqasini yomon o'tkazdik. Natijada o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. Ikkinchi golni urganimizdan keyin ham vaziyatlar yuzaga keltirdik, biroq raqib darvozasini ishg'ol qilishda oqsadik. AGMK ham, biz ham ikki ochkodan yo'qotdik. Bu boshqa raqiblar uchun qo'l kelishi mumkin. 

- Haqnazariyning golida markazda katta bo'shliq yuzaga keldi. Bu kimning xatosi?

- Bilasiz, markazda Mozgovoy va Stanoevich harakat qiladi. O'sha vaziyatda Akmal raqibini himoya qilib qanotga ketib qoldi, uning o'rnini boshqa futbolchi to'ldirishi lozim edi. Eronlik futbolchi etibordan chetda qoldi hamda u o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Bu o'yinchilarimizning pozicion xatosi sanaladi. 

- FIFA kunlaridan so'ng "Nasaf" ikki o'yinda ikki ochko jamg'ardi. Bu yo'qotishmi?

- Bu biz uchun yo'qotish, lekin har bir o'yinga maksimal tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz. Ammo to'rt ochkoning boy berilishi juda katta yo'qotish hisoblanadi. 

- CHempionatning deyarli yarmi ortda qoldi. Joriy mavsumda chempionlikka davogarlik qila oladigan jamoalar soni nechta ular qaysilar deb o'ylaysiz?

- Avvalgi mavsumlarda ikki-uch jamoa chempionlik uchun kurashgan bo'lsa, joriy mavsum 6-7 jamoa g'oliblik uchun bellashadi. Sababi ko'pgina jamoalarning darajasiga bir-biriga tenglashib oldi.

- O'tgan mavsum "Nasaf" O'zbekiston kubogi doirasida AGMKni mag'lubiyatga uchratgandi. Biroq Superligadagi ikki bahs ham durang bilan yakunlangan. Bu jamoalar kuchi tengligidan dalolatmi?

- Ehtimol, kuchlar tengligidandir, kubok o'yinida hal qiluvchi golga qadar o'ynash kerak bo'ladi. Bu haqda shogirdlarimga ko'rsatmalar berilgandi. Ikkala jamoa ham bir-birini mag'lub etolmagandi. Lekin bugungi bahsda bizning jamoa g'alabaga yaqinroq kelgandi. Birinchi bo'limdagi o'yinimizni ikkinchi taymda ham ko'rsatganimizda, hisob boshqacha ko'rinish olishi mumkin edi. Balki bu charchoq alomatidandir. Tanaffusda yigitlarga ko'rsatmalar berilgandi, baribir ikkinchi bo'limni yaxshi boshlamadik. 

- "Nasaf" klubida qarzdorlik bormi? SHunday xabarlar tarqalgandiki, hamon jamoaning moliyaviy ahvoli yaxshi emas.

- Qarxdorlik bor, lekin ko'p emas. So'nggi vaqtlarda rahbariyat bunga jiddiy yondashmoqda hamda qarzlarni sekin-sekin uzmoqda. Jamoa bu haqda o'ylamasdan, har bir bahsda o'z o'yinini ko'rsatishga harakat qilmoqda.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика