So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali" juda tartibli o'ynaydigan, kuchsiz taraflarini ko'rsatmaydigan jamoadek ko'rindi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Al Faysali" juda tartibli o'ynaydigan, kuchsiz taraflarini ko'rsatmaydigan jamoadek ko'rindi"

Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni) uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jurnalistlar savoillariga javob qaytardi. 


"Al Faysali" – kuchli va mahoratli futbolchilarga ega, o'yinni yaxshi tashkil qiladigan jamoa. Biz jamoaning 2 ta o'yinini tahlil qilib chiqdik va tasavvurga egamiz. O'ylaymanki, jamoamiz ertangi o'yinga har tomonlama tayyor", – dedi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Al Faysali" "Al Sadd"dek kuchli klubni mag'lub eta oldi. Jamoaning qaysi tomonlama omadi keldi deb o'ylaysiz?

- Omadga bog'lamagan bo'lardim. Biz ko'rdikki, jamoa har ikki turda juda yaxshi harakat qildi. "Al Faysali" jamoaviy yaxshi o'ynaydi. O'yinchilarining saviyasi yuqori. Ularning qabul qilgan qarorlari evaziga jamoa zafar quchdi.

- Sizningcha, "Al Faysali"ning kuchsiz taraflari nimada?

- Buni bu erda muhokama qilmoqchi emasman. Tahlil qilib chiqdik. Albatta, "Al Faysali"ning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Alohida aytish kerak, "Al Faysali" juda tartibli o'ynaydigan, kuchsiz taraflarini ko'rsatmaydigan jamoadek ko'rindi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 15 apreldan 16 aprelga o'tar kechasi 01:15 da boshlanadi. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика