So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  0 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  5 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  119 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

Ro'zimboy Ahmedov, Abror Xosinov va bir qator yoshlar “Xorazm” yig'inida Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov, Abror Xosinov va bir qator yoshlar “Xorazm” yig'inida

PRO-Liga ishtirokchisi Urganchning “Xorazm” jamoasi ham o'z qarorgohida tayyorgarlik bosqichining dastlabki qismini boshlab yubordi.

Aytish kerakki, viloyat mutasaddilari hozirgacha jamoa oldiga aniq reja qo'yib, kerakli sharoitlarni yaratib bermasdan kelmoqda. SHunga qaramay “Xorazm” murabbiylari asosan mahalliy futbolchilar hisobiga kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazib turibdi. Tarkibda yaqin-yaqingacha Superligada faoliyat olib borgan Ro'zimboy Ahmedov, Abror Xosinov singari tajribali o'yinchilar borligini aytish mumkin. SHuningdek o'tgan yili jamoa sharafini himoya qilgan G'ayrat O'daev, Ravshan Sultonov, Temur Bekjonov, Sarvar Jumaniyozov hamda Jasur Otajonov kabi o'yinchilar ham ayni damda “Xorazm” yig'inida ishtirok etmoqda.

Mashg'ulotlar “Olimpiya” suniy qoplamali maydonida o'tkazilmoqda. Bosh murabbiy Aleksandr Ejovga mahalliy murabbiylar Jasur Tojimov bilan Mansur Abdullaev yordam bermoqda.

Jamoaning 2020 yil hisobidan hech qanday qarzdorligi qolmagan. Murabbiylar va futbolchilar oylik maoshlar va mukofot pullari bo'yicha to'liq hisob kitob qilingani haqida malumotlar bor. Lekin joriy mavsumga aniq reja ishlab chiqilmagani urganchliklarning havotirini oshirmoqda. Sababi bu yil PRO-Liga klublari selekciya ishlarini yuqori darajada olib bormoqda. Har bir jamoani jiddiy kurash kutib turgani hech kimga sir emas. “Xorazm” futbolchilari ham viloyatda futbolga etibor ortishiga umid qilgan xolda, astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda. Faqatgina mutasaddilar tomonidan ularni qo'llab-quvvatlab turish qolmoqda xolos.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика