So’nggi yangiliklar

01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  1 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  1 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   1

Ro'yxatdan o'tish navbati futzal va ayollar futboliga keldi Yangiliklar

Ro'yxatdan o'tish navbati futzal va ayollar futboliga keldi

Yangi mavsumda yangicha ko'rinishda start olgan Superliganing ikki turi ham ortda qoldi.

Ikki tur yakunlari taassurotlari aksariyat muxlislarda ijobiy ekanligi sir emas. Jamoalarning qisqarishi, o'yin vaqtlarining kech soatlarga belgilanishi va yana boshqa sezilarli islohotlardan shubhaga borgan bazi futbol ishqibozlari shubhalari o'rinsiz ekanligini tan olayotganliklari ham bor gap. Superliga o'z o'zaniga tushib oldi, endi navbat Pro-liga, futzal va ayollar futboliga ham etib  kelmoqda.

Avvallari oliy va birinchi liga (hozirgi superliga va Pro-liga) jamoalarini ro'yxatdan o'tkazish (“zayavka”) masuliyati PFL zimmasida bo'lib, futzal va ayollar futboli bo'yicha bu amallarni Associaciyalar bajarardi. Endi esa Associaciyalar tugatildi, ikkala futbol ko'rinishi ham PFL tarkibiga birlashdi. Demak, ro'yxatdan o'tkazish masalalarini ham endi PFLning shu soha mutaxassislari amalga oshirishmoqda.

Pro-liganing “Iftixor”, “Yozyovon”, “Istiqlol”, “Zomin”, “Norin”, “Xorazm”, “Bunyodkor-2”, “Paxtakor-2”, “Lokomotiv-BFK”, “G'ijduvon”, “Orol”, “Andijon”, “Mashal”, “SHo'rtan” va “Dinamo” jamoalari ro'yxatdan o'tish dorasidagi dastlabki harakatlarni amalga oshirishdi. Jamoalar bugundan xujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etib, mavsumda qatnashish ruxsatini oluvchi so'nggi ro'yxat topshirishga kirishishdi. Bugun “Iftixor”, “Yozyovon” va “Istiqlol” jamoalari vakillari  PFLga tashrif buyurishdi. Ertaga “Zomin”, “Norin” va “Xorazm” jamoalarining navbati. 16 martda “Bunyodkor-2”, “Paxtakor-2”, “Lokomotiv-BFK”, 19 martda “G'ijduvon”, “Orol” va “Andijon”, 20 martda esa “Mashal”, “SHo'rtan” va “Dinamo” jamoalari nazoratdan o'tadilar.

SHuningdek, 12 martdan futzal va ayollar chempionatida qatnashuvchi jamoalar ham futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazishga kirishishgan. Futzal bo'yicha ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati 27 mart sanasiga belgilangan bo'lsa, ayollar futbolida klublar vakillariga 27 martga qadar imkoniyat berilgan. Futzal chempionatida Superliga klublari – 12ta jamoa qatnashadi, ayollar futbolida esa 12ta klubga qo'shimcha ravishda “Andijanka” va  “SHo'rtan” jamoalariga ham ruxsat berilgan.

Eslatib o'tamiz, Pro-liga mavsumiga 25 martda, futzal chempionatiga 30-31 martda, ayollar chempionatiga esa 1 aprelda start beriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика