Rossiya termasi futbolchisi xalqaro faoliyatini yakunladi
08 iyu 2018 12:27
Yangiliklar
Rossiya termasi futbolchisi xalqaro faoliyatini yakunladi
Rossiya termasi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov JCH-2018dagi mag'lubiyatdan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini rasman elon qildi.
"Albatta, afsuslanyapmiz, ammo biz terma bilan faxrlanish kerakligini ko'rsata oldik. Biz ajoyib o'yin namoyish qildik. Ajoyib emociyalarga boy bo'lgan yaxshi bahs o'tdi. Penaltilar seriyasi esa... To'g'risi, kayfiyatim yaxshi emas, bu haqda gapira olmayman. Menimcha, termaning asosiy qismi saqlab qolinadi, bu esa keyingi turnirlarda ham yaxshi ishtirokki sabab bo'ladi. Bunga ishonaman. O'zim haqimda to'xtaladigan bo'lsam, so'nggi qarorga keldim. Men termadagi so'nggi o'yinimni o'tkazdim", - dedi futbolchi.
Fikrlar