So’nggi yangiliklar

15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  2 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0 13:37Шавкат Юсупов: "Вазиятлар устида кўпроқ ишлашимиз керак"  1 12:55Аналитика - футбол кўзгуси...  0 12:40Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди  0 12:10Абдурауф Бўриев кубок финалида қайси клуб билан тўқнаш келишни исташини айтди  2 11:54Бруну Саудия ва Америка клублари таклифларини кўриб чиқади  3 10:48Рубен Аморим: "Менимча, биз ҳали тайёр эмасмиз"  4 10:22АS. "Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда  4 09:53ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади  3 09:25"Нефтчи" икки нафар бразилиялик билан шартнома имзолади  5 08:54EЧЛ гуруҳ босқичини ҳал қилган "Қайрат" қанча ишлаб олди?  8

Rossiya kubogi sohibi bo'lgan Andijonning jaydari yigiti bugun 32 yoshga to'ldi Yangiliklar

Rossiya kubogi sohibi bo'lgan Andijonning jaydari yigiti bugun 32 yoshga to'ldi

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbolchilarni unutilmas kun bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun Andijon futboli tarbiyalanuvchisi, O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, Rossiya Kubogi sohibi Vagiz Galiulin 32 yoshga qadam qo'ydi. Bugungi qahramonimiz professional futbolchilik faoliyatini 2002 yil "Andijon" jamoasida boshlagan. 2006 yilda "Rubin" klubiga ko'chib o'tgan. Keyinchalik Rossiyaning boshqa klublari - "Sibir", "Nefteximik", "Ufa", "Tosno", "Tambov" sharafini himoya qildi. Hozirda esa quyi divizion jamoasi "Nefteximik"da to'p tepmoqda. Vagiz "Tosno" bilan birga Rossiya Kubogida zafar quchgan. Bir necha yil davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida o'ynagan. 2011 yilda Osiyo Kubogida jamoamiz bilan birga 4-o'rinni egallagan. 

- O'zimni irodali inson deb bilaman. Bolalik chog'imdayoq ana shunday xarakterga ega bo'lganman. Men tug'ilganimda onam vafot etganlar. Onasiz ulg'aydim. Dadam ishga ketgan paytlarida bir o'zim maktabga borardim. Mashg'ulotlarga ham faqat yolg'iz borganman. Yoshlik chog'imdan mustaqil yashashga o'rgandim va tinmasdan harakatda bo'ldim. Rossiyaga 18 yoshimda kelganman va bunday katta mamlakatda bir o'zim qolganman. Dadamning maslahatlari bilan hamma narsa joyiga tushgan. Yaqinlarimning juda yaxshi qo'llab turishi mening ustun tomonlarimdan biridir, - deya yoshlikdagi qiyinchiliklarni eslaydi Galiulin.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud kunini nishonlayotgan Vagiz Galiulinni unutilmas sana bilan muborakbod etamiz. Balki, qachonlardir u yana Andijonga, O'zbekistonga qaytar. Murabbiy sifatida ko'p yillik tajribalarini yosh avlodga ulashar, biz bunga chin dildan umid qilib qolamiz. U "Rubin"da turkmanistonlik mashhur mutaxassis Qurbon Berdiev qo'l ostida bir necha mavsum o'ynagan. 

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика