So’nggi yangiliklar

22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  57 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2

Rossiya chempionatidagi legionerlar. Ko'zguda - Odil Ahmedov Yangiliklar

Rossiya chempionatidagi legionerlar. Ko'zguda - Odil Ahmedov

Rossiya chempionatining birinchi davra o'yinlari o'z yakuniga etdi. Quyida biz legionerlarimizning birinchi davradagi statistikalariga etibor qaratib o'tamiz.

Bugun "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedovning ushbu mavsumdagi ishtiroki statistikasiga nazar solamiz.



Odil Ahmedov - "Krasnodar".

Rossiya chempionati.

O'yinlari soni: 13

Gol: 1

Yakka kurashlardagi muvaffaqiyati
: 52%  

Aniq to'p uzatish
: 72%

To'p uzatmalari soni: 567

To'p oshirmalari soni: 8

Himoyadagi ishtiroklari:

Raqibdan to'pni olib qo'yish: 35 marotaba

Yakka kurashlardagi g'olibliklar: 29 marotaba

Raqib futbolchilari bilan to'qnashuv: 131 marotaba

To'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirish: 8 marotaba


Hujumdagi ishtiroklari:

Aniq to'p oshirishlar: 73%

Darvoza tomon tepgan zarbalari aniqligi: 33%

Golli to'p uzatmalar: 0

Muvaffaqiyatli driblinglari soni: 12

Ogohlantirishlar: 1

CHetlatish: 0

Qoida buzishlar: 27

Unga qarshi qoida buzilishlari: 17



Rossiya kubogi.

O'yinlari soni: 1

Evropa ligasi.

O'yinlari soni: 4

Golli uzatmalari soni: 3

To'p uzatmalari soni: 182

Aniq to'p uzatishlar: 78%

To'p oshirishlar: 3

Darvoza tomon aniq zarbalar: 60%

Muvaffaqiyatli driblinglari soni: 3

Qoida buzishlar: 6

Unga qarshi qoida buzilishlari: 5


Odil Ahmedov ushbu mavsum avvalida Rossiyaning "Anji" klubidan "Krasnodar"ga kelib qo'shildi. Hamyurtimiz o'zining yangi jamoasida "yo'qolib" qolmadi va jamoaning asosiy tarkibi futbolchisiga aylandi. Odil Ahmedov "Krasnodar"ning markazini o'z qo'liga ola bildi. Ayniqsa Evropa ligasi musobaqasida Ahmedov o'zini har tomonlama yaxshi tarafdan ko'rsata oldi. "Lill", "Volfsburg" va "Everton"ga qarshi kechgan bahslarda Odil Ahmedov o'zining nozik didli pas sohibi ekanligini isbotlagandi. 


O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Odil Ahmedov Rossiya chempionati doirasidagi CSKAga qarshi o'yinda jarohat olib, jamoasining so'nggi bir nechta uchrashuvlarini o'tkazib yuborishga majbur bo'lgandi. Ayni paytda futbolchi jarohatidan forig' bo'lgan va terma jamoamiz safida mashg'ulotlarga kirishgan. O'ylaymizki, Osiyo kubogida Odil Ahmedov o'zining nimalarda qodir ekanligini yana bir bor isbotlaydi va "Oq bo'rilar"ning haqiqiy etakchisiga aylanadi.

2014 yil Odil Ahmedov uchun o'ziga xos tarzda kechdi. Umid qilamizki, 2015 yilning dastlabki oyi futbolchimiz uchun yanada omadliroq keladi va Ahmedov o'zining futbolchilik faoliyatidagi eng muhim sovrinlardan birini boshi uzra baland ko'tarish baxtiga sazovor bo'ladi.

Odil Ahmedov o'tgan Osiyo chempionatining ochilish bellashuvida Qatar darvozasiga kiritgan super golini takroran Avstraliya-2015 final o'yinida kiritishiga tilakdoshmiz.


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика