So’nggi yangiliklar

16:46Филипе Луис Европа клубини бошқармоқчи  1 16:06"Ливерпул" Бразилиянинг ёш иқтидорларидан бирини нишонга олди  0 14:5241 ёшли Тьяго Силва эркин агентга айланди  0 13:58Рауф Инилеев: "Мундиал арафасида ҳеч ким жароҳат олмаслиги муҳим, чунки захирамизда бошқа Шомуродов, Юсупов ва Ҳусанов йўқ"  4 13:55Пауло Дибала энди "Рома"га керак эмас  2 13:22“Рома” Мадрид клуби ўйинчисини қишда ўзига жалб қилмоқчи  0 13:02TVCOM'да бугунги тақвим: OCTAGON 83 жанглари ва бошқалар  0 12:43Норчаев Германияда операция қилинди. У қачон сафга қайтади?  3 12:11МЮ ва "Ньюкасл" португалиялик ярим ҳимоячи учун кураш олиб боради  3 11:38"Ман Сити" хавбеки Эчеверри бошқа клубларга ҳам қизиқ. "Байер"даги ижара ўйин амалиёти етишмаслиги сабабли бекор қилиниши мумкин  0 11:26"Ғазалкент" футбол клуби қайтди   5 11:14Тер Штеген қишда "Барса"ни тарк этишни режалаштирмаяпти. Нега?  1 10:49А Серия президенти: "Милан" — "Комо" учрашуви Австралияда ўтказилади  2 10:32U-22 Осиё чемпионати-2013. Антирекордчи Ўзбекистон, голни нишонлашда жароҳатланган мураббий ҳамда чилим чекиш туфайли шифокорсиз қолган жамоа тўғрисида ҳикоя қиламиз   4 09:52Дания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи Оге Харейде вафот этди  0

Rossiya Bishkek va Toshkent mezbonligidagi CAFA chempionatida qatnashish uchun hali shartnoma tuzmagan Yangiliklar

Rossiya Bishkek va Toshkent mezbonligidagi CAFA chempionatida qatnashish uchun hali shartnoma tuzmagan

Teglar :  RFI RossiyaCAFA
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Rossiya terma jamoasining birinchi Markaziy Osiyo chempionatida (CAFA) ishtirok etishini xat orqali tasdiqladi, biroq tashkilotchilar bilan shartnoma imzolamadi, bu esa turnirga tayyorgarlik jarayonini sekinlashtirmoqda.

Bu haqda "Fergana" vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, RFIning beqarorligi tufayli, xususan, Osiyo termalaridan biri bo'lishi kerak bo'lgan turnirning sakkizinchi ishtirokchisini taklif qilish borasidagi ishlar to'xtab qolgan. 

"Gazprom" CAFA chempionati homiysi bo'lishi haqidagi malumotlarga kelsak, bu hali tasdiqlanmagan. 

"Bu mish-mish. Hamma RFIning rasmiy qarorini kutmoqda", – dedi manba.

Agar RFI musobaqada ishtirok etishdan bosh tortsa, Rossiya terma jamoasi boshqa Osiyo jamoasi bilan almashtiriladi.

RFI qarorini Eron tomoni ham kutmoqda, bu vaziyatni tushunish Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralashida ishtirok etishga tayyorlanayotgan milliy terma jamoa taqvimini aniqroq shakllantirish uchun zarur.

Birinchi CAFA chempionati 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida bo'lib o'tadi. Unda 8 ta jamoa ishtirok etadi. SHu kungacha CAFAning barcha 6 azosi — Afg'oniston, Eron, Qirg'iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston chempionatda ishtirok etish uchun dastlabki rozilikni bergan. Rossiya ettinchi, Osiyo jamoalaridan biri sakkizinchi qatnashchi bo'lishi kutilmoqda.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 8 ta jamoa ikki guruhga bo'linadi. Bir guruh o'yinlari Toshkentda, ikkinchisi Bishkekda o'tkaziladi. Guruh g'oliblari finalda to'qnash kelishadi. O'z kvartetlarida ikkinchi bo'lgan jamoalar chempionatda uchinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Har ikki hal qiluvchi uchrashuv Toshkentda bo'lib o'tadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика