So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  6 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   4 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  7 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  10 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17

Ronalduning sevimli raqibi: Nega "MYU" yulduzi "Atletiko Madrid"ga qarshi o'ynashni yaxshi ko'radi? Yangiliklar

Ronalduning sevimli raqibi: Nega "MYU" yulduzi "Atletiko Madrid"ga qarshi o'ynashni yaxshi ko'radi?

Forvard o'z faoliyati davomida "Atletiko" bilan boshqa jamoalarga qaraganda ko'proq to'qnash kelgan va u chorshanba kuni Diego Simeone boshiga yana kulfat keltirishiga umid qilmoqda.

Dekabr oyida CHempionlar ligasi 1/8 finaliga qura tashlash marosimi bo'lib o'tgan va unda dastlab "Manchester Yunayted" Parij Sen-Jermenga qarshi ro'baro kelishi kerak edi.

Yani, katta ehtimol bilan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligida ushbu turnirdagi so'nggi bahs bo'lishi mumkin edi. 

Biroq "texnik muammo" maydonda ikki "o'zga sayyoralik"ning o'zaro to'qnashuvini guvohi bo'lish uchun kutishda davom etishimiz kerakligini anglatib qo'ydi, chunki qayta qura natijasida "Yunayted" Ispaniya chempioni "Atletiko Madrid" bilan juftlik hosil qildi hamda boshqa janjal olovi alangalanishiga sabab bo'ldi.

Bu ikki klubning o'zaro o'yinlar tarixi unchalik olis emas, ular faqat 1991 yilda Kubok egalari kubogida bir-birlari bilan to'qnash kelishgan.

Biroq Diego Simeone va uning "Atletiko"dagi shogirdlarining ko'pchiligi Ronalduga qarshi qanday o'ynash kerakligi haqida ko'p narsani bilishadi. 

Darhaqiqat, chorshanba oqshomida "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tgan to'qnashuv 13 yillik janjalga yana bir bob qo'shadi. 

"Ronaldu "Atletiko"ning eng dahshatli tushi bo'ldi", deydi "Real Madrid" muxbiri Mario Kortegana.

"Atletiko" muxlislari har doim uni masxara qilishga, uning hayoti va faoliyatining har bir tafsilotini kulgi qilishga harakat qilishgan, ammo Ronaldu doimo yuksakka ko'tarilavergan".

"Yunayted" hujumchisi "Real" va "Yuventus"dagi faoliyati davomida "Atletiko"ga qarshi boshqa raqiblarga qaraganda ko'proq, aniqrog'i 31 marta to'qnash kelgan.

U ushbu uchrashuvlar davomida 25 ta gol urgan, shu jumladan 4 ta xet-trik va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

Ronaldu 2014 va 2019 yillar oralig'ida ketma-ket besh marta "Atletiko"ning CHempionlar ligasidagi umidlarini chippakka chiqargan, shu bois "Rojiblankos" muxlislari nima sababdan portugaliyalik yulduzni ko'rgani ko'zi yo'q ekanligini his qilishingiz mumkin.

Ushbu raqobat haqida gap ketganda, uch yil muqaddam “Yuventus” va “Atletiko” o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/4 finalini eng yaxshi xulosa sifatida qabul qilish mumkin.

Ronaldu "Byankoneri"ga qarshi Madriddagi birinchi o'yinida mag'lub bo'lganida "Vanda Metropolitano"ning mahalliy muxlislari tomonidan shafqatsizlarcha masxara qilindi.

U bunga javoban besh barmog'ini kameraga qo'yib, CHempionlar ligasida necha marta chempion bo'lganini barchaning yodiga soldi.

SHuningdek, Krish o'yindan so'ng jurnalistlarga “Yuve” Turindagi vaziyatni o'zgartirib yuborishiga ishonchi komil ekanligini aytdi. 

"Ular kechada 2:0 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa-da, uning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori edi", deydi OAV xodimlaridan biri. — U natijadan g'azablanganini aytdi, lekin u javob o'yinida nimalarga qodirligini bilgani uchun jilmayib turardi". 

Portugaliyalik futbolchi CHempionlar ligasida o'zining unutilmas o'yinlaridan birini o'tkazdi, chunki u xet-trik qayd etib, "Yuventus"ni yarim finalga olib chiqdi.

"U futboldagi tirik iloh", - deydi Ronalduning "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand Turindagi trebldan so'ng.

"Atletiko"ning navbatdagi dahshatli o'yinidan so'ng Simeone tilini tishlab qoldi.

"Matraschilar" qotili uchinchi golini urganidan so'ng, Simeonening yarasiga tuz sepish uchun birinchi o'yinda argentinalik mutaxassisning qilig'iga taqlid qildi.

Xullas, chorshanba oqshomi Madridda besh karra “Oltin to'p” sohibini do'stona kutib olinishi amrimahol.

Ronaldu to'qqiz yil davomida La Ligada g'alayon ko'targan o'yinchi bo'lmasligi mumkin, ammo Simeone 37 yoshli futbolchining oyog'idan nimalar kelishini yaxshiroq biladi. 

“Krishtianudek futbolchiga qarshi tayyorgarlik ko'rish qiyin masala. U darvoza oldidagi hayvon”, - deydi Simeone 2019 yilgi CHempionlar ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Atletiko” – “Yuventus” uchrashuvi oldidan. — U aql bovar qilmaydigan rekordlar qayd etgan va har qanday golli vaziyat yuzaga kelayotganda uni nazorat qilish har doim mushkul bo'lgan. U o'tmishda bizni azob-uqubatlarga duchor qildi".

Garchi "Yunayted" safida so'nggi sakkizta o'yinda atigi bitta gol urgan bo'lsa ham, Ronaldu "Atletiko" boshiga qora bulutlar keltira olishiga ishonadi.

SHuni ham yodda tutish kerakki, agarda Ronaldu guruh bosqichida 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilmaganida, "Yunayted" hattoki 1/8 finalga ham chiqa olmasdi.

Xullas, sevimli raqibiga qarshi navbatdagi uchrashuv oldidan Ronaldu yana bir bor syurpriz tayyorlagan bo'lsa, hayron bo'lmang.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика