So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  23 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  21 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

RONALDUNI ENG KO'P RANJITGAN FUTBOLCHINI BILASIZMI? Yangiliklar

RONALDUNI ENG KO'P RANJITGAN FUTBOLCHINI BILASIZMI?

Kriushtianu qitamizga ko'chganiga ko'p bo'lmasa ham, Arabiston iqlimiga darrov moslashib oldi.

9 fevral kuni "Al Vahda"ga qarshi o'yinda poker qayd etgan forvard nafaqat o'z jamoasiga g'alaba keltirdi, balki milliy chempionatlarda urilgan gollar bo'yicha besh yuzlik dovonni zabt etdi. Bir so'z bilan aytganda, ishlar joyida. U 2 yil sabr qilsa, o'z boyligini yana 400 mln dollarga ko'paytirib oladi...

Arabistondagi "ertak" shu taqlid davom etaversin. Biz esa KR7 faoliyatiga oid qiziqarli savollarga javob qidirib ko'ramiz:

1. Ronaldu eng ko'p qaysi futbolchiga yutqazgan?

Javob: Xayolingizga birinchi bo'lib kelgan ism argentinalik futbolchiga tegishli bo'lsa kerak. Biroq, Krishtianuni Messidan-da ko'proq xafa qilgan o'yinchi bor — Serxio Buskets.

Ular o'rtasidagi birinchi "jang" ECHLning hal qiluvchi bahsiga to'g'ri keladi. Qadim Rim shahri mezbonlik qilgan 2009 yilgi final "Barselona"ning g'alabasi bilan tugadi. 

Ronaldu shu o'yindan keyin Madridga ko'chish to'g'risidagi taklifni uzoq o'ylab o'tirmay qabul qildi. Lekin Busketsni yutish uchun uzoq kutishiga to'g'ri keldi. Statistikaga qarasak, bu ikki futbolchi yashil maydonda jami 38 marta to'qnashgani ko'rinadi. Ulardan 9tasida Ronaldu, 18tasida Buskets o'ynagan tomon g'alaba qilgan (11 durang). 

2. Ronaldu qaysi futbolchini yutishga qiynalgan?

Javob: Bu ismni taxmin qilmaganingiz aniq. Gap Franciya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq himoyachisi Erik Abidal haqida ketyapti. U Krishtianu bilan birinchi bor ECHL 2004 yilgi mavsumining guruh bosqichi doirasida o'tkazilgan "Lion" 2:2 "Manchester Yunayted" bellashuvida to'qnashgan edi. 

Ular shundan keyin yana 11 marta uchrashishdi va Ronaldu tomon atigi bir o'yinni o'z foydasiga hal qildi. 

Fakt: Abidal va Ronaldu ishtirokida o'tgan 8 "El Klassiko"ning 5tasi "Barselona" foydasiga hal bo'lgan (3 durang).

3. Ronalduga "7"ni bermagan futbolchilarni bilasizmi?

Javob: Krishtianu Ronaldu desa, kishining xayoliga beixtiyor 7-raqam keladi. Lekin u professional faoliyati davomida har doim ham ushbu raqam ostida o'ynamagan edi. Quyida "Oltin to'p"ning 5 karra sohibi bilan bir jamoada bo'la turib, 7-raqamni undan avvalroq band qilgan futbolchilar ro'yxatini keltiramiz.

1) Rikardu Kuarejma o'z davrida Ronaldudan uzoqroqqa borishi taxmin qilingan futbolchilardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ham Portugaliya U21 terma jamoasida "7" aynan unga topshirilgan edi. SHu sababdan Krishtianu 11-raqamni tanlashga majbur bo'ladi. 

2) Milliy terma jamoada Ronalduning sevimli raqamiga "Real Madrid" futbolchisi Luish Figu egalik qilar edi. SHu sababli Figu faoliyatini yakunlagunga qadar Krishtianu 11, 16 va 17-raqamlarda o'ynab turdi.

3) Qahramonimiz "Real"ga o'tganida 7-raqam "Qirollik klubi" tarixidagi eng yaxshi to'purarga tegishli edi. Balki, Raul "SHalke"ga o'tib ketmasa, Krishtianu yana bir necha mavsum 9-raqamli libosda o'ynashga majbur bo'lar edi.

4) Ro'yxatimizdagi oxirgi futbolchini, ehtimol, siz eslay olmassiz. Keling, sinab ko'ramiz. Krishtianu Ronaldu "Sporting"da debyut qilgan paytda uning sevimli raqami kimda edi?

Javob: 2002-03 yilgi mavsum Lissabon klubida ruminiyalik hujumchi Marius Nikolae 7-raqam tushirilgan liboslarda harakat qilar edi. SHu tufayli 17 yoshli Ronalduga 28-raqam beriladi...

muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика