So’nggi yangiliklar

11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  6 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  0 08:13"Реал Мадрид" етакчиларидан бири учун мавсум якунланди  4 07:42Футзал. Бугун финал!  3 02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  18 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  1 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  36 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  16

Nega "Real" ECHLda yaxshi o'ynamoqda? Ronaldu va yana ikki omil Yangiliklar

Nega "Real" ECHLda yaxshi o'ynamoqda? Ronaldu va yana ikki omil

Zinedin Zidan o'zining ketishi borasidagi xabarlarni rad etmoqda, u bunday yolg'onlarni to'qiyotgan jurnalistlarga "Oskar" berish kerak deb hisoblaydi.

PSJga qarshi o'yindan oldin Zizu jamoasining oldida asosiy maqsad bor edi - ikki to'p farq ustunligini berib yubormaslik. Buning uchun Zidan asosiy tarkibning ikki futbolchisi - Modrich va Krossdan voz kechdi. Markazda Kovachich va Kazemiroga ishonch bildirildi, ular esa parijliklar bilan ideal darajada o'ynadi.

"Real"da himoya va yarim himoya o'rtasida kichik yoriqlar bor edi, biroq bu madridliklarga umuman xalaqit qilmadi. PSJ futbolchilari bu kamchiliklardan foydalana olishmadi. Butun mavsum davomida PSJning hujumkor uchligi ko'plab gollar urib kelayotgandi, himoyaga ham katta etibor qaratildi. Jamoa Neymarsiz "Liga 1"dagi kabi o'ynay olmadi. O'yin davomida "qirollik klubi" azolari raqiblariga  hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.

RONALDUNING JISMONIY HOLATI

Krishtianu Lebron Jeyms uslubi bilan ishlamoqda - mavsumning ilk qismida gollar uradi, asosiy kuchni muhim o'yinlarga sarflaydi. Hech kim chempionatning ilk turlaridagi  gollarni eslamaydi, biroq ECHL pley-offi yoki Primeroning muhim o'yinlaridagi gollar har doim miyaga muhrlanib qoladi.

Portugaliyalik futbolchi etibordan biroz chetda qolayotgandek edi, biroq u o'zini qo'lga ola bildi va ichki chempionatda yaxshi o'ynay boshladi. 10 fevraldan keyin Krishti 6 o'yinda 11 gol urib, 3 golga assistentlik qilgan - "Sosedad", PSJ, "Betis" va yana PSJga ketma ket gollar kiritdi. ECHLda esa so'nggi 9 uchrashuvida raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu natijani Tyago Silva hamda Dani Alves kabi himoyachilari bor jamoaga qarshi o'yinda qayd etdi.

Ronaldu fantastik darajadagi jismoniy holatda. U o'z kuchini o'tgan mavsumning so'nggi onlarigacha saqlab tura oldi jamoasining ECHL hamda Primeroda qirol bo'lishiga yordam berdi. U qarilikni engib o'tdi, "o'ziga otilgan millionlab tanqid toshlari"ga munosib javob berdi. 33 yoshiga kirganida ham PSJ shayhlari 400 mln evrodan oshiq mablag' sarflagan 19, 26ga kirgan PSJ azolaridan kuchli ekanligini ko'rsata oldi.

XARAKTER

"Real" xalqaro maydondagi har bir uchrashuvda qanday g'alaba qozonayotganini ko'rsatish uchun kiyinish xonasidagi video feysbukdagi sahifaga joylashtirildi. ECHL final uchrashuvi taymlar oralig'idagi tanaffusda Zidan "VKontakte"dagi siyqasi chiqqan gaplarni gapirmagan, "Bizda vaziyatlar bo'ladi, gollar urishimiz kerak", kabi iborani ko'p ishlatgan. U 15 daqiqa davomida futbolchilarni shunday quvvatlantirgan, jamoani har bir mashg'ulotlarda shunga tayyorlab borgan.

"Madrid" Anchelotti davrida muhim jihatlarni o'ziga singdirgan - qon hissi, raqibni chetga itarib yuborish. Bu ECHL-2014 finalida kuzatilgandi, Zidan qo'l ostida bunday hissiyot asosiy rolga o'tdi. PSJ bilan o'tgan ikki bahs shuni ko'rsatdiki, jamoa raqibning kichik xatolaridan unumli foydalana oladi. Parijliklar xato qildi (misol uchun Dani Alves), bu xavfli vaziyatga aylandi va darvozabon uchun haqiqiy bosh og'riq bo'ldi. xatoning ikkinchisidan gol o'tkazib yuborildi, uchinchisidan ham. Madridliklar qachon qarsak chalishni bilishadi, o'shanda bu raqiblar uchun juda og'riqli bo'ladi. Qaymoqrangli libosni kiyib olgan futbolchilar esa kutadi, o'rganadi, Evropada o'zlari uchun yaxshi raqobatchi yo'q deb hisoblaydi.

PRIMERODAN OZODLIK 

Madridda titul haqidagi illyuziyalar faqatgina bir jamoa ortida qurilmaydi, bu "Real" emas. "Bernabeu"dagi bahsdan keyin chempionlik uchun "Barselona" va "Atletiko" kurashishi malum bo'ldi, bu esa Primeroning har bir o'tayotgan turi isbotlab bermoqda. "Blankos" ECHLning 1/8 finalida parijliklarni osonlik bilan engishida esa Primerodagi rotaciyalar ham sabab bo'ldi.

"Barsa" va "matraschilar" Ispaniya chempionligi, "MYU" inqirozdan chiqish, "Manchester Siti" Evropani tiz cho'ktirish, "Bavariya" qariya Xaynkes bilan Germaniyada yana tengsiz bo'lish uchun kurashayotgan bir vaqtda "Real" muammolarsiz katta o'yinlarda g'alaba qozonmoqda. Endi jamoa faqatgina uch raqibni mag'lub eta olsa tarix zarvaraqlaridan joy oladi.

Mirjalol Normatov

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика