Ronaldu va Kazemiro – MYUning "Everton"ga qarshi o'yindagi eng yaxshi futbolchilari
10 okt 2022 10:39
Yangiliklar
Ronaldu va Kazemiro – MYUning "Everton"ga qarshi o'yindagi eng yaxshi futbolchilari
Kazemiro Sky Sports talqini bo'yicha "Everton"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Manchester Yunayted" APLning 10-turidan o'rin olgan uchrashuvda "irislar"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Kazemiro o'yin yakunida Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda eng yuqori ballni qo'lga kiritdi – 8. Birinchi bo'limda maydonga tushgan portugaliyalik braziliyalikning uzatmasidan so'ng g'alaba to'pini kiritdi. Ammo uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi unvoni Kazemiroga berildi.
Lisandro Martines, Lyuka SHou va Antonining o'yini etti ball bilan baholandi. "Manchester Yunayted"ning qolgan futbolchilari esa 6 baho olishdi.
"Everton"da gol muallifi Aleks Ivobi va yarim himoyachi Jeyms Garner eng yuqori ballga ega bo'ldi. Har ikki futbolchi etti balldan oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar