Ronaldu qo'shiqchi Pinkning iltimosiga ko'ra, Rojdestvo bayrami uchun bolalarga imzo qo'yilgan futbolkalar sovg'a qiladi
26 noy 2021 19:53
Yangiliklar
Ronaldu qo'shiqchi Pinkning iltimosiga ko'ra, Rojdestvo bayrami uchun bolalarga imzo qo'yilgan futbolkalar sovg'a qiladi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu amerikalik qo'shiqchi Pinkning xayriya tadbirida ishtirok etish haqidagi iltimosiga javob qaytardi.
"Salom Krishtianu! Bu yil men bir nechta bolalar uchun Rojdestvoga homiylik qilaman. Ular sizning liboslaringizdan boshqa hech narsani xohlamaydilar.
Ularning orzularini ro'yobga chiqarishga qaror qildim. Menga ularning hayotini o'zgartirishda yordam berolasizmi? Bilaman, siz har doim ajoyib ishlarni amalga oshirgansiz... ", - deb yozdi Pink.
"Salom, Pink, men yordam berishdan xursandman. Bolalar uchun bir nechta dastxatim tushirilgan liboslarimni yuboryapman, muammo yo'q. Buni amalga oshirayotganingiz ajoyib!", - deya javob qaytardi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar